Kuzatuvchi » Siyosiy » YER QA'RINI GEOLOGIK JIHATDAN O'RGANISH BO'YICHA ISHLARNI DAVLAT HISOBIGA OLISH TARTIBI BELGILANDI

YER QA'RINI GEOLOGIK JIHATDAN O'RGANISH BO'YICHA ISHLARNI DAVLAT HISOBIGA OLISH TARTIBI BELGILANDI

Hukumat qarori (467-son, 26.07.2025-y.) bilan “Yer qa'rini geologik jihatdan o'rganish bo'yicha ishlarni davlat hisobiga olish tartibi to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi.  Nizom yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan O'zbekiston hududida amalga oshirilayotgan yer qa'ri uchastkalarini geologik jihatdan o'rganish ishlari bilan bog'liq jarayonlarni davlat hisobiga olish tartibini belgilaydi. Yer qa'rini davlat tomonidan geologik jihatdan o'rganish ishlari tizim tashkilotlarining tegishli ma'lumotlarni Yer qa'ridan foydalanish markaziga “Geomonitoring” axborot tizimi orqali buyurtma asosida tegishli ma'lumotlarni kiritish orqali davlat hisobiga olinadi.   Yer qa'ridan foydalanish markazi buyurtma kelib tushgan kundan boshlab 5 ish kunida buyurtmani va unga ilova qilingan ma'lumotlar taqdim etilganligini tekshiradi.  Hujjatlar to'liq taqdim etilgan taqdirda, buyurtmani “Geomonitoring” axborot tizimida tegishli tartib raqam bilan hisobga oladi va tizim tashkilotlarini xabardor qiladi.   Yer qa'ridan foydalanuvchilar yer qa'rini geologik jihatdan o'rganish ishlarini davlat hisobiga olingani to'g'risidagi xabar olingan kundan boshlab yer qa'rini geologik jihatdan o'rganish ishlarini amalga oshirishga asos bo'ladi.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

Boshqa maqolalar

АГРАР СОҲАНИ МЕХАНИЗАЦИЯЛАШНИ ДАВЛАТ ТОМОНИДАН

personmaftuna 26-09-25, 18:48
0 АГРАР СОҲАНИ МЕХАНИЗАЦИЯЛАШНИ ДАВЛАТ ТОМОНИДАН РАҒБАТЛАНТИРИШ РАҚАМЛАШТИРИЛАДИ

Ҳукумат қарори (549-сон, 29.08.2025 й.) билан “Қишлоқ хўжалиги техникаси ва лазерли қурилмага эга автоматлаштирилган ер...

PROKUROR PROTESTI

personmaftuna 30-09-24, 11:45
0 PROKUROR PROTESTI

“Prokuratura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 38-moddasiga asosan, qonunga zid bo‘lgan hujjatga...

BYUDJET MABLAG'LARIDAN FOYDALANISH USTIDAN MOLIYAVIY

personmaftuna 24-07-24, 19:59
0 BYUDJET MABLAG'LARIDAN FOYDALANISH USTIDAN MOLIYAVIY NAZORAT KUCHAYTIRILADI

“Byudjet mablag'laridan foydalanish ustidan moliyaviy nazoratni kuchaytirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar...

menu
menu