Kuzatuvchi » Siyosiy » BANKLARNI SANATSIYA QILISH VA TUGATISH TARTIBI BELGILANDI

BANKLARNI SANATSIYA QILISH VA TUGATISH TARTIBI BELGILANDI

“Banklarni sanatsiya qilish va tugatish to'g'risida”gi Qonun (O'RQ-1070-son, 23.06.2025-y.) qabul qilindi.

 

Qonun banklar, banklar guruhlari va bank aksiyalarining nazorat paketiga egalik qiluvchi xolding kompaniyalariga nisbatan tatbiq etiladi.

 

Markaziy bank banklarni sanatsiya qilish va tugatish sohasidagi vakolatli davlat organidir.

 

Quyida sanab o'tilgan barcha asoslarning mavjudligi bankni sanatsiya qilishni boshlash uchun asos deb hisoblanadi:

 

 - bankning to'lovga qobiliyatsizligi yoki to'lovga qobiliyatsizlikning yuzaga kelish ehtimoli yuqoriligi;

 

- banklar tomonidan ko'rilgan choralar, shuningdek Markaziy bank tomonidan qo'llangan nazorat choralari to'lovga qobiliyatsizlikni bartaraf etishga qodir bo'lmaganligi yoxud 6 oy ichida buning ehtimoli mavjud emasligi;

 

- bankning tizimli ahamiyatga molik ekanligi yoki tizimli ahamiyatga molik bo'lmagan bankni majburiy tugatish orqali belgilangan maqsadlarga erishib bo'lmasligi sababli sanasiya qilish zarurligi.

 

Markaziy bank sanatsiya qilinayotgan bankning maxsus boshqaruvchisini tayinlash to'g'risida qaror qabul qilishga haqli.

 

 -Sanatsiya qilish vositalari quyidagilardan iborat:

 

 -aktivlar va majburiyatlarni o'tkazish (sotish);

 

 -oraliq bankni tashkil etish;

 

 -hisobdan chiqarish va (yoki) konvertatsiya qilishdan iboratdir

 

S.BERDIQILICHOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsulti.


Boshqa maqolalar

PIYODALARGA LOYQA SACHRATISH JARIMA SOLISHGA SABAB BO‘LADI

personmaftuna 16-12-24, 11:50
0 PIYODALARGA LOYQA SACHRATISH JARIMA SOLISHGA SABAB BO‘LADI

Yomg‘irli havoda transport vositalarining fuqarolarga ehtiyotsizlik oqibatida loyqa sachratib o‘tib ketishi hollari...

“БОЖХОНА ЙИҒИМЛАРИ СТАВКАЛАРИНИ ТАСДИҚЛАШ ТЎҒРИСИДА”ГИ

personmaftuna 17-03-25, 11:16
0 “БОЖХОНА ЙИҒИМЛАРИ СТАВКАЛАРИНИ ТАСДИҚЛАШ ТЎҒРИСИДА”ГИ ҲУКУМАТ ҚАРОРИ (55-СОН, 31.01.2025 Й.) ҚАБУЛ ҚИЛИНДИ

Қарорга кўра, қуйидагиларни назарда тутувчи Божхона йиғимлари ставкалари тасдиқланди: -товарларнинг божхона...

IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR TARMOG'INI KENGAYTIRISH VA

personmaftuna 25-06-24, 14:56
0 IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR TARMOG'INI KENGAYTIRISH VA ULARNING FAOLIYATINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO'G'RISIDA”GI PREZIDENT FARMONI

Unga ko'ra, 2024/2025-o'quv yilidan Agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda: chet tilini bilish...

menu
menu