SHAXSIY YOZISHMALARNI MUHOFAZA QILISHNING KONSTITUTSIYAVIY ASOSLARI
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasiga asosan, Har bir inson shaxsiy hayotining daxlsizligi, shaxsiy va oilaviy sirga ega bo‘lish, o‘z sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish huquqiga ega. Shuningdek, har kim yozishmalari, telefon orqali so‘zlashuvlari, pochta, elektron va boshqa xabarlari sir saqlanishi huquqiga ega. Ushbu huquqning cheklanishiga faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yo‘l qo‘yiladi.
Har kim o‘z shaxsiga doir ma’lumotlarning himoya qilinishi huquqiga, shuningdek noto‘g‘ri ma’lumotlarning tuzatilishini, o‘zi to‘g‘risida qonunga xilof yo‘l bilan to‘plangan yoki huquqiy asoslarga ega bo‘lmay qolgan ma’lumotlarning yo‘q qilinishini talab qilish hamda uy-joy daxlsizligi huquqiga ega.
Hech kim uy-joyga unda yashovchi shaxslarning xohishiga qarshi kirishi mumkin emas. Uy-joyga kirishga, shuningdek unda olib qo‘yishni va ko‘zdan kechirishni o‘tkazishga faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda yo‘l qo‘yiladi. Uy-joyda tintuv o‘tkazishga faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yo‘l qo‘yiladi.
I.RAXIMBERGANOV,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
О‘QUVCHILARNI SAYOHATGA OLIB BORISH UCHUN QAYSI
personmaftuna 19-05-24, 20:40Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-noyabrdagi 482-son qaroriga 2-ilovada "О‘zbekiston Ryespublikasida avtobuslarda...
O‘QITUVCHILARNING TARIFIKATSIYA RO‘YXATINI SHAKLLANTIRISH
personmaftuna 08-08-25, 02:13O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020-yil 20-iyundagi...
BILASIZMI?
personmaftuna 18-09-24, 19:23Ota-ona (ulardan biri) quyidagi hollarda ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkin: ota-onalik majburiyatlarini...