Kuzatuvchi » Siyosiy » О‘QUVCHILARNI SAYOHATGA OLIB BORISH UCHUN QAYSI TASHKILOTDAN RUXSAT OLISH KERAK?

О‘QUVCHILARNI SAYOHATGA OLIB BORISH UCHUN QAYSI TASHKILOTDAN RUXSAT OLISH KERAK?

Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-noyabrdagi 482-son qaroriga 2-ilovada "О‘zbekiston Ryespublikasida avtobuslarda yо‘lovchilar tashish xavfsizligini ta’minlashga doir talablar" belgilangan.

Ushbu yо‘riqnomaning 40-bandi, 2-xatboshiga kо‘ra bolalar, umumta’lim maktablari va о‘rta maxsus ta’lim muassasalari о‘quvchilarining ekskursiya qilish, turistik-ekskursiya qilish safarlarini tashkil etish uchun ta’lim muassasasi ma’muriyati jо‘nab ketish sanasini, yо‘nalishni va jо‘nab ketuvchilar sonini kо‘rsatgan holda tyegishli ravishda tuman (shahar) MMTBga murojaat qilishi lozim.

Bunda ta’lim muassasalari о‘quvchilarining ekskursiya qilish, turistik va boshqa guruhlari jо‘nab ketishi tо‘g‘risida qarorlar qabul qilish, qoidaga kо‘ra, jо‘nab ketish sanasigacha 3 sutkadan kechikmay qabul qilinadi.

Jо‘nab ketish uchun tuman (shahar) MMTBning ruxsatnomasi olingandan keyin ta’lim muassasasi ma’muriyati (tashkilotchi) tashuvchi bilan shartnoma tuzishi mumkin.

Ta’lim muassasasi ma’muriyati tashuvchi bilan shartnoma tuzilganidan keyin jо‘nab ketish sanasigacha uch ish kunidan kechikmay harakatlanish sanasi va qatnov yо‘lini, shuningdek, barcha yо‘lovchilar rо‘yxatini, avtobuslar tо‘g‘risidagi ma’lumotlarni kо‘rsatib, hamrohlikni tashkil etish uchun buyurtmanomani Ichki ishlar vazirligining Yо‘l harakati xavfsizligi davlat xizmatiga kiritadi.

Shundan sо‘ng Ichki ishlar vazirligining Yо‘l harakati xavfsizligi davlat xizmati tomonidan bolalarga hamrohlik qilish uchun maxsus xodimlar ajratilgan holda ekskursiya yoki turistik sayohatlar tashkil etilishi mumkin.

Xullas. bolalarni sayohatga olib borish uchun bir qancha amallarni bajarishga tо‘g‘ri keladi. Maktab о‘quvchilarini о‘zboshimchalik bilan ekskursiya yoki turistik sayohatlarga olib borish esa javobgarlikka sabab bо‘lishi mumkin. Shuning uchun bu masalada о‘ta hushyor bо‘lish kerak.

R.EGAMBERDIYEV,

Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

O‘ZBEKISTONDA 2030-YILGA KELIB URBANIZATSIYA DARAJASI 60

personmaftuna 13-12-24, 10:04
0 O‘ZBEKISTONDA 2030-YILGA KELIB URBANIZATSIYA DARAJASI 60 FOIZGA OSHIRILADI

Samarqand va Namangan shaharlarini “millionlik shaharlar”ga aylantirish, aholisi 300 mingdan ko‘p bo‘lgan shahar va...

INTIZOMIY JAZO QO‘LLANGAN UNDA XODIMGA USTAMA TO‘LANMASLIGI

personmaftuna 23-01-24, 00:34
0 INTIZOMIY JAZO QO‘LLANGAN UNDA XODIMGA USTAMA TO‘LANMASLIGI NOQONUNIY AMALIYOT

Aksariyat tashkilot va korxonalarda (men bilgan yuqori darajadagi vazirlik idoralarda ham) xodimga intizomiy jazo...

ЗЎРАВОНЛИККА УЧРАГАН ХОТИН-ҚИЗЛАРГА ҚАНДАЙ ЁРДАМ БЕРИЛАДИ

personmaftuna 30-09-24, 10:51
0 ЗЎРАВОНЛИККА УЧРАГАН ХОТИН-ҚИЗЛАРГА ҚАНДАЙ ЁРДАМ БЕРИЛАДИ

Вазирлар Маҳкамасининг 25.06.2024 йилдаги “Тазйиқ ва зўравонликка учраган хотин-қизлар ва уларнинг вояга етмаган...

menu
menu