Kuzatuvchi » Siyosiy » INKLYUZIV TA’LIMNING MAQSADI VA VAZIFALARI NIMA ?

INKLYUZIV TA’LIMNING MAQSADI VA VAZIFALARI NIMA ?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.10.2021-yildagi “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 638-son qaroriga asosan, inklyuziv ta’limning maqsadi — alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchilar uchun maktabda maxsus vosita va metodlarni qo‘llash orqali maxsus pedagoglarni jalb etgan holda to‘siqsiz moslashtirilgan ta’lim muhitini yaratish, ularning jamiyatga samarali moslashuvi hamda to‘laqonli uyg‘unlashuviga xizmat qiladigan sifatli umumiy o‘rta ta’lim berishni ta’minlashdan iborat. Maktablar alohida ta’lim olish ehtiyoji bo‘lgan bolalar va ularning ota-onalariga korreksion pedagogik yordam olishida va kasbga yo‘naltirishda har tomonlama yordam ko‘rsatadi. Inklyuziv ta’limning vazifalari quyidagilardan iborat:rivojlanishning turli imkoniyatlariga ega bo‘lgan o‘quvchilar uchun har qanday kamsitilishni istisno qiladigan, barcha bolalarga teng munosabatda bo‘lishni ta’minlaydigan yagona moslashtirilgan ijtimoiy muhitni yaratish; jamoatchilik hamda ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchilar muammolariga nisbatan bag‘rikenglik munosabatini shakllantirish; ta’lim jarayonida sog‘lom bolalar bilan bir qatorda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning aqliy va ijtimoiy salohiyatlarini rivojlantirish;barcha o‘quvchilar uchun davlat ta’lim standartlariga muvofiq umumiy o‘rta ta’lim dasturlarini o‘zlashtirish uchun imkoniyat yaratiladi.

 

 

T. EGAMBERGANOV,

Shovot tumani yuridik xizmat korsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

“OILAVIY” OVOZ BERISH

personmaftuna 28-09-24, 16:35
0 “OILAVIY” OVOZ BERISH

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2024-yil 4-sentyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun...

ФИСКАЛ ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАР СОДИР ЭТГАНЛИК УЧУН ҚЎЛЛАНИЛАДИГАН

personmaftuna 04-06-24, 13:35
0 ФИСКАЛ ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАР СОДИР ЭТГАНЛИК УЧУН ҚЎЛЛАНИЛАДИГАН МОЛИЯВИЙ САНКЦИЯЛАР МИҚДОРЛАРИ КАМАЙТИРИЛДИ

Қонун (ЎРҚ-927-сон, 29.05.2024 й.) билан Солиқ кодексига ўзгартириш киритилди. Унга кўра: Фискал белгиларни акс эттириш...

AYOLLAR DAFTARIGA KIMLAR KIRITILADI?

personmaftuna 13-12-24, 11:10
0 AYOLLAR DAFTARIGA KIMLAR KIRITILADI?

“Ayollar daftari”ga 30 yoshdan oshgan quyidagi toifadagi xotin-qizlar kiritiladi: 🔹 ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz...

menu
menu