RAHBAR KADRLARNI BAHOLASH MARKAZI TASHKIL ETILADI
“Rahbar kadrlarni baholash markazini tashkil etish to'g'risida”gi Hukumat Qarori (629-son, 04.10.2024-y.) qabul qilindi.Qarorga ko'ra, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi muassisligida Rahbar kadrlarni baholash markazi tashkil etiladi. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilandi: ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar asosida davlat fuqarolik xizmatchilari uchun bazaviy, alohida lavozim yoki lavozimlar guruhi uchun kompetensiyalar modeli hamda indikatorlarini ishlab chiqish; davlat fuqarolik xizmatchilarini shaxsiy-professional diagnostika qilish, kompetensiyalar modeli asosida kompleks baholash; kompetensiyalarni baholash jarayonida foydalanish uchun doimiy ravishda yangi uslublarni ishlab chiqish, o'zlashtirish va joriy qilish kompetensiyalarni baholash natijalari asosida rahbar kadrlar uchun shaxsiy-professional rivojlanish trayektoriyasini ishlab chiqish va zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda amalga oshirish; rahbarlik lavozimiga nomzodlarni umumiy kasbiy bilimi, qadriyatlari va aqliy salohiyatini aniqlash bo'yicha test sinovlarini hamda psixologik so'rovnomalar o'tkazish; rahbar kadrlar faoliyati samaradorligini baholash va monitoring qilish, kadrlarga bo'lgan ehtiyojni prognoz qilish, ularni saralab olish va joy-joyiga qo'yish jarayonlariga raqamli texnologiyalarini va zamonaviy usullarni keng joriy etish; faoliyatining asosiy yo'nalishlari bo'yicha ekspert-tahliliy faoliyat, ilmiy tadqiqot va izlanishlarni olib borish.
D.AZAMATOVA,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
JAMIYATDA HUQUQIY MADANIYAT QANDAY OSHIRILADI?
personmaftuna 21-02-25, 10:08O ‘ zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.09.2024-yildagi “2024-2025-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni...
MEHNAT SOHASIDAGI IJTIMOIY SHERIKLIKNI AMALGA OSHIRISH
personmaftuna 29-09-24, 13:15Mehnat qonunchiligida mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklikni amalga oshirish shakllari quyidagilardan iborat: jamoa...
ДАВЛАТ ХАРИДЛАРИНИ КОРПОРАТИВ БАНК КАРТАЛАРИ ОРҚАЛИ АМАЛГА
personmaftuna 24-08-25, 19:35Ҳукумат қарори (108-сон, 24.02.2025 й.) билан “Давлат харидларини корпоратив банк карталари орқали амалга ошириш...