Kuzatuvchi » Siyosiy » QONUN (O'RQ-972-SON, 07.10.2024 Y.) BILAN JINOYAT HAMDA MA'MURIY JAVOBGARLIK TO'G'RISIDAGI KODEKSLARGA O'ZGARTIRISH VA QO'SHIMCHALAR KIRITILDI

QONUN (O'RQ-972-SON, 07.10.2024 Y.) BILAN JINOYAT HAMDA MA'MURIY JAVOBGARLIK TO'G'RISIDAGI KODEKSLARGA O'ZGARTIRISH VA QO'SHIMCHALAR KIRITILDI

Unga ko'ra, kodekslarga sog'likning qisqa muddatga yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq bo'lmagan muddatga yo'qolishiga olib kelmagan qasddan badanga yengil shikast yetkazish bilan bog'liq jinoiy qilmishni jinoiy jazo tarkibidan chiqarib, uni ma'muriy huquqbuzarlik toifasiga o'tkazishni nazarda tutuvchi o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilmoqda. Shuningdek, mazkur huquqiy normani yangi tavsifiy belgilar bilan to'ldirish, yarashuv institutiga kiruvchi ma'muriy huquqbuzarliklar doirasini kengaytirish belgilanmoqda. Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga kiritilgan qo'shimchaga ko'ra, ushbu huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa: BHMning 5 baravaridan 25 baravarigacha miqdorda jarima solishga; 15 sutkagacha muddatga ma'muriy qamoqqa olishga sabab bo'lishi belgilanmoqda. Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

I.RAXIMBERGANOV,

Shovot tumani yuridik xizmat korsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

ISHDAN BO‘SHATISH NAFAQASI

personmaftuna 02-05-24, 00:27
0 ISHDAN BO‘SHATISH NAFAQASI

Ishdan bo‘shatish nafaqasi xodim bilan mehnat shartnomasi alohida asoslarga ko‘ra bekor qilinganda xodimning ishdan...

БОЖХОНА ТАРТИБ-ТАОМИЛЛАРИ ЯНАДА ТАКОМИЛЛАШТИРИЛАДИ

personmaftuna 09-03-24, 01:02
0 БОЖХОНА ТАРТИБ-ТАОМИЛЛАРИ ЯНАДА ТАКОМИЛЛАШТИРИЛАДИ

Президент томонидан имзоланган Қонун (ЎРҚ-913-сон, 27.02.2024 й.) билан Божхона кодексига ўзгартириш ва қўшимчалар...

BILASIZMI?

personmaftuna 19-09-24, 00:19
0 BILASIZMI?

Oilasida nogiron a’zolari bo‘lgan shaxslar auksion orqali yer uchastkasi sotib olishda ularga 33 000 000 so‘mgacha bir...

menu
menu