BILASIZMI?
Oilasida nogiron a’zolari bo‘lgan shaxslar auksion orqali yer uchastkasi sotib olishda ularga 33 000 000 so‘mgacha bir martalik yordam puli beriladi
Hukumatning 23.03.2023 yil kungi 122-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga asosan, yer uchastkasini auksion orqali sotib olish xarajatlaridan kelib chiqqan holda, oilasi tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxslar sonidan qat’i nazar, BHMning 100 baravari (33 mln so‘m) gacha miqdorda bir martalik to‘lov ajratiladi.
Bunda imtiyozli toifadagi shaxslar quyidagi mezonlarga to‘g‘ri kelishi kerak:
oxirgi 12 oy davomida o‘zi yoki oila a’zolari nomida yashash uchun mo‘ljallangan turar joyi yoki yer uchastkasi mavjud bo‘lmasligi;
yer uchastkasi oxirgi 3 oy ichida auksion orqali xarid qilingan va O‘zbekiston hududida bo‘lishi;
nogironligi bo‘lgan shaxs deb topilgan, shuningdek, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ning birida turgan bo‘lishi lozim.
R.EGAMBERDIYEV,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
BILASIZMI?
personmaftuna 31-01-24, 04:17Qonunchilikka ko‘ra, “O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori” ko‘krak nishoni bilan o‘z qonini kamida 40 marta yoki...
XUSUSIY KORХONADA KADRLAR BOʻYICHA INSPEKTOR BOʻLISHI
personmaftuna 24-09-24, 00:15Kadrlar masalalari boʻyicha хodim uchun alohida shtat birligi boʻlishi shart emas. Hech bir normativ-huquqiy hujjat,...
ХОТИН-ҚИЗЛАР ПИЛЛАЧИЛИК СОҲАСИДА ҚИСҚА МУДДАТЛИ ЎҚУВ
personmaftuna 17-03-25, 11:02“Хотин-қизларнинг пиллачилик соҳасидаги бандлигини босқичма-босқич таъминлаш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Ҳукумат...