KURASHNI RIVOJLANTIRISH VA OMMALASHTIRISH YANGI BOSQICHGA OLIB CHIQILADI
“Kurash milliy sport turini rivojlantirish va ommalashtirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ-450-son, 20.12.2024-y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, Xalqaro kurash institutining kurash milliy sport turini rivojlantirish va ommalashtirish boʻyicha faoliyati yanada kengaytiriladi hamda unga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklanadi: kurash boʻyicha xalqaro darajadagi malakali trenerlar va hakamlarni tayyorlashni yoʻlga qoʻyish, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirib borish tizimini joriy etish; kurash boʻyicha ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirib borish, shuningdek, zarur oʻquv-uslubiy va ilmiy-amaliy qoʻllanmalarni ishlab chiqishni tashkil qilish; kurashning yangi yoʻnalishlarini joriy qilishda ishtirok etish, ularni ommalashtirish choralarini koʻrish; kurash trenerlari va hakamlarini xorijiy davlatlarga “eksport” qilishni yoʻlga qoʻyish; kurashni ommalashtirish, rivojlantirish va dunyoga tanitish hamda ushbu milliy sport turini umumjahon miqyosidagi sport turiga aylantirish boʻyicha tizimli ishlarni amalga oshirib borish.
T.DAVLETOV,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
RAHBAR KADRLARNI BAHOLASH MARKAZI TASHKIL ETILADI
personmaftuna 14-06-25, 02:47“Rahbar kadrlarni baholash markazini tashkil etish to'g'risida”gi Hukumat Qarori (629-son, 04.10.2024-y.) qabul...
TO‘QIMACHILIK VA TIKUV-TRIKOTAJ SANOATINI RIVOJLANTIRISH
personmaftuna 19-05-24, 21:24“To'qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari...
CHIQINDI PULINI TO‘LAMAGANLARNING ELEKTR UCHUN TO‘LOVLARINI
personmaftuna 27-01-24, 23:40“Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy ta'sirini kamaytirish...