Kuzatuvchi » Siyosiy » BIR NECHTA TUMANLARDA ISHSIZLIK VA KAMBAGʻALLIK TOʻLIQ BARTARAF ETILADI

BIR NECHTA TUMANLARDA ISHSIZLIK VA KAMBAGʻALLIK TOʻLIQ BARTARAF ETILADI

Prezident tomonidan 01.04.2025-yildagi «Respublika hududlarini jadal kompleks rivojlantirish uchun tanlab olingan tuman (shahar)larda amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish toʻgʻrisida»gi PQ-132-son Qaror imzolandi. 

Respublikaning 16 ta tuman (shahar)larida ishsizlik darajasini 4–5 foizga, kambagʻallik darajasini 5–6 foizga pasaytirish rejalashtirilgan. Bunda Qoʻngʻirot, Asaka, Gʻallaorol, Denov tumanlari hamda Margʻilon shahrini ishsizlik va kambagʻallikdan хoli hududga aylantiriladi.

2025-yil 1-iyulgacha Tuman (shahar)larni jadal kompleks rivojlantirish dasturlari doirasidagi tuman (shahar)lar markazlarining ishlab chiqilganiga 10 yildan ortiq muddat boʻlgan bosh rejalarini 3 ta toifadagi (renovatsiya, rekonstruksiya va konservatsiya) zonalarga ajratib, soddalashtirilgan tartibda hamda aholi va tadbirkorlar takliflarini inobatga olgan holda yangilangan bosh reja loyihalari ishlab chiqiladi.

Bundan tashqari, Asaka, Gʻijduvon, Gʻallaorol, Xatirchi, Chortoq, Sirdaryo, Denov, Quva, Shovot tumanlari va Yangiyoʻl shahri markazlari va ularga tutash hududlarda aholi va sayyohlarning yashashi, dam olishi va sayr qilishi hamda хizmatlar va boshqa yoʻnalishlarda tadbirkorlik faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan master reja loyihalari ishlab chiqiladi.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

Boshqa maqolalar

MEDIATOR SIFATIDA ISH YURITISH

personmaftuna 17-08-24, 02:39
0 MEDIATOR SIFATIDA ISH YURITISH

Mediator — mediatsiyani amalga oshirish uchun taraflar tomonidan jalb etiladigan shaxs. Notarius fuqarolik-huquqiy...

Қонунчиликка кўра, уч ёшга тўлмаган боланинг бюджет

personmaftuna 28-03-24, 10:05
0 Қонунчиликка кўра, уч ёшга тўлмаган боланинг бюджет ташкилотларда ишлайдиган онаси ҳафтасига 35 соатдан ошмайдиган иш вақти белгиланади ва бунда иш ҳақи камайтирилмайди. Иш берувчи ҳомиладор аёлнинг, 14 ёшга тўлмаган боланинг (16 ёшга тўлмаган ногиро

Қонунчиликка кўра, иш берувчи ходимнинг меҳнатда майиб бўлиши ва касб касаллиги туфайли ҳаётига ёки соғлиғига...

QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARI QURILMALARINI

personmaftuna 21-03-24, 18:49
0 QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARI QURILMALARINI OʻRNATGAN VA ULARDAN FOYDALANAYOTGAN SHAХSLAR UCHUN QANDAY IMTIYOZLAR BOR

Prezident 10.01.2024-yilda PQ-13-sonli «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining...

menu
menu