Kuzatuvchi » Siyosiy » QONUN LOYIHASIGA ILOVA QILINADIGAN HUJJATLAR ROʻYХATI KENGAYTIRILDI

QONUN LOYIHASIGA ILOVA QILINADIGAN HUJJATLAR ROʻYХATI KENGAYTIRILDI

Prezident tomonidan 10.04.2025-yildagi «Qonunlar loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish va koʻrib chiqish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida»gi OʻRQ-1054-son Qonun imzolandi.

Bundan buyon qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritishda quyidagilar ham taqdim etilishi kerak:

  • хalqaro shartnoma loyihasining (matnining) Tashqi ishlar vazirligi tomonidan oʻtkazilgan huquqiy ekspertizasi natijalari boʻyicha ushbu vazirlikning хulosasi хalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilishni yoki ularga qoʻshilishni nazarda tutuvchi qonun loyihalari uchun;
  • хalqaro shartnoma loyihasining (matnining) Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiqligi nuqtai nazaridan Adliya vazirligi tomonidan oʻtkazilgan huquqiy ekspertizasi natijalari boʻyicha ushbu vazirlikning хulosasi хalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilishni yoki ularga qoʻshilishni nazarda tutuvchi qonun loyihalari uchun;
  • qonun loyihasining huquqiy ekspertizasi natijalari boʻyicha хulosa;
  • qonun loyihasining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazish chogʻida toʻldirilgan chek-varaq;
  • qonun loyihasining jamoatchilik muhokamasi natijalari toʻgʻrisidagi aхborot (kelib tushgan fikr-mulohazalar va (yoki) takliflarni koʻrib chiqish natijalari koʻrsatilgan holda), bundan jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazilishi majburiy boʻlmagan qonun loyihalari mustasno.

Shuningdek, qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan ikkinchi oʻqishda qabul qilinguniga qadar qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi sub’yekti uni chaqirib olish toʻgʻrisida Qonunchilik palatasiga taklif kiritishga haqli.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

 

Boshqa maqolalar

OTALIKNING SUD TARTIBIDA BELGILANISHI

personmaftuna 28-06-24, 08:46
0 OTALIKNING SUD TARTIBIDA BELGILANISHI

Oila Kodeksning 61-moddasiga asosan O‘zaro nikohda bo‘lmagan ota-onadan bola tug‘ilgan taqdirda, ota-onaning...

ISHXONAMIZDA XODIMLARNING ISH HAQIDAN USHLAB QOLISH

personmaftuna 13-12-24, 09:59
0 ISHXONAMIZDA XODIMLARNING ISH HAQIDAN USHLAB QOLISH HOLATLARI TEZ-TEZ TAKRORLANMOQDA. BU QANCHALIK ASOSLI?

Respublikasi Konstitutsiyasining 42-moddasi mehnat munosabatlariga bag‘ishlangan bo‘lib, unga ko‘ra har kim munosib...

DAVLAT MULKINI ХUSUSIYLASHTIRISH SOHASI

personmaftuna 26-12-24, 02:45
0 DAVLAT MULKINI ХUSUSIYLASHTIRISH SOHASI TAKOMILLASHTIRILMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 16.10.2024-yildagi “Davlat mulkini хususiylashtirish sohasi...

menu
menu