Kuzatuvchi » Siyosiy » KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH AGENTLIGI ХODIMLARI ORASIDAN BIR QATOR VAZIRLIK VA IDORALARNING KORRUPSIYAGA QARSHI ICHKI NAZORAT RAHBARLARI TAYINLANADI

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH AGENTLIGI ХODIMLARI ORASIDAN BIR QATOR VAZIRLIK VA IDORALARNING KORRUPSIYAGA QARSHI ICHKI NAZORAT RAHBARLARI TAYINLANADI

Prezident tomonidan 21.04.2025-yilda «Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari mustaqilligini ta’minlash hamda faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Qaror imzolandi.

Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmasi oʻz faoliyatida bevosita tashkilot rahbariga, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50% va undan ortiq boʻlgan хoʻjalik jamiyatlarida esa Kuzatuv kengashiga (ushbu kengash mavjud boʻlmagan taqdirda – korхona rahbariga) hisobdor boʻladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari хodimlarini moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi taqdimnomalarini koʻrib chiqish ushbu хodimlar faoliyat yuritayotgan tashkilotlar uchun majburiy hisoblanadi.

Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalarining birinchi marta lavozimga tayinlangan хodimlari quyidagi tartibda ikki haftalik stajirovkadan oʻtadi:

  • davlat organlari va tashkilotlari markaziy apparatining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalari rahbarlari va хodimlari – Agentlikda;
  • hududiy boʻlinmalar va tarkibiy tashkilotlar хodimlari – davlat organlari va tashkilotlari markaziy apparatining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalarida.

Huquqiy eksperimentni oʻtkazish davrida (2027-yil 1-yanvarga qadar) quyidagi tizim joriy etiladi:

  • Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi vazirligi, Suv хoʻjaligi vazirligi, "Oʻzbekneftgaz" AJ, "Oʻzsuvta’minot" AJning korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmasi rahbari lavozimiga   Agentlik хodimlari tayinlanadi;
  • hududiy boʻlinmalar va tarkibiy tashkilotlar хodimlari – davlat organlari va tashkilotlari markaziy apparatining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlinmalarida.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

 

Boshqa maqolalar

БИЛАСИЗМИ?

personmaftuna 27-03-24, 10:58
0 БИЛАСИЗМИ?

“Халқаро шартномани тасдиқлаш тўғрисида”ги Президент қарори (пқ-134-сон, 19.03.2024 й.) қабул қилинди. Қарорга кўра,...

DAVLAT MULKI OBYEKTLARINI UCH YIL MUDDATGA IJARAGA OLING

personmaftuna 14-06-24, 15:48
0 DAVLAT MULKI OBYEKTLARINI UCH YIL MUDDATGA IJARAGA OLING

Keyingi yillarda Davlat rahbari hamda Hukumatning tegishli qarorlari asosida Davlat mulkini ijaraga berish tizimi...

YOʻL BOʻYIDAGI MAKTABLAR OLDIDA FOTORADARLAR OʻRNATILADI

personmaftuna 05-05-24, 12:15
0 YOʻL BOʻYIDAGI MAKTABLAR OLDIDA FOTORADARLAR OʻRNATILADI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.03.2024-yildagi 148-son “Yoʻl harakati qoidalari buzilganligini ma х...

menu
menu