Kuzatuvchi » Siyosiy » DAVLAT ORGANLARINING INSON RESURSLARINI BOSHQARISH BO‘YICHA FAOLIYATI SAMARALI TASHKIL ETILADI

DAVLAT ORGANLARINING INSON RESURSLARINI BOSHQARISH BO‘YICHA FAOLIYATI SAMARALI TASHKIL ETILADI

“Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining inson resurslarini boshqarish bo‘yicha faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Hukumat qarori qabul qilindi.

respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining inson resurslarini boshqarish bo‘yicha faoliyati Davlat fuqarolik xizmati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan baholab boriladi;

respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘linmalari rahbarlari ushbu qaror talablari asosida Davlat fuqarolik xizmati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan attestatsiyadan o‘tkaziladi.

Qaror bilan “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘linmalari to‘g‘risida”gi Namunaviy Nizom tasdiqlandi. 

Ushbu Nizom respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘linmalarining vazifalari va funksiyalari, faoliyatini tashkil etish tartibini hamda ularga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.

Bo‘linma rahbari lavozimiga, qoida tariqasida, oliy maʼlumotga ega bo‘lgan, kamida 2 yil mehnat stajiga ega, mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikni o‘zlashtirgan, inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish hamda axborot xavfsizligi va shaxsga doir maʼlumotlar bilan ishlash bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lgan shaxslar tayinlanadi.

 

I.RAXIMBERGANOV,

Shovot tumani yuridik xizmat korsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

ISH STAJIGA QO‘SHIB HISOBLANADIGAN MEHNAT FAOLIYATI TURLARI

personmaftuna 13-04-24, 02:18
0 ISH STAJIGA QO‘SHIB HISOBLANADIGAN MEHNAT FAOLIYATI TURLARI

Quyidagilar ish stajiga qo‘shib hisoblanadi: a) 2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — faoliyat turi, mulk va...

AYOLLAR BILAN TUZILGAN MEHNAT SHARTNOMASINI BEKOR

personmaftuna 17-03-24, 18:31
0 AYOLLAR BILAN TUZILGAN MEHNAT SHARTNOMASINI BEKOR QILISHDAGI KAFOLATLAR

Qonunhchilikda homilador ayollar va 3 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish...

ISH HAQI KECHIKTIRILGAN HAR BIR KUN UCHUN KOMPENSATSIYA

personmaftuna 02-05-24, 00:30
0 ISH HAQI KECHIKTIRILGAN HAR BIR KUN UCHUN KOMPENSATSIYA TOʻLANADI

Xodimlarga oylik ish haqi 16 kundan koʻp boʻlmagan tanaffus bilan ikki qismga boʻlingan holda (boʻnakda va qolgan qismi...

menu
menu