Kuzatuvchi » Siyosiy » QARZDORLIK HISOBIGA BANKLAR BALANSIGA OLINGAN MOL-MULKLAR REALIZATSIYASI JADALLASHTIRILADI

QARZDORLIK HISOBIGA BANKLAR BALANSIGA OLINGAN MOL-MULKLAR REALIZATSIYASI JADALLASHTIRILADI

Qarorga ko'ra, 2025-yil 1-maydan ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo'lgan banklarga va ular huzuridagi investisiya kompaniyalariga auksionda sotilmasdan qarzdorliklarni so'ndirish evaziga bank balansiga olingan mol-mulklarni bozor qiymatida to'g'ridan-to'g'ri sotishga, shu jumladan, kredit, bo'lib-bo'lib to'lash, lizing shartnomalari yoki qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa bitimlar orqali sotishga ruxsat etiladi. 

Tijorat banklariga qarzdorliklarni so'ndirish evaziga bank balansiga qabul qilingan bino-inshootlar, texnologik uskunalar va boshqa mol-mulklar negizida tijorat banklari huzuridagi investisiya kompaniyalari orqali to'xtab qolgan ishlab chiqarish (xizmat ko'rsatish) faoliyatini tiklab, ularni tayyor biznes sifatida salohiyatli investorlarga sotish huquqi beriladi.

2025-yil 1-sentabrdan da'vo arizasi bo'yicha ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko'rib chiqish uchun da'voning maksimal bahosi yuridik shaxslarga nisbatan BHMning 150 baravarigacha, yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan 100 baravarigacha, jismoniy shaxslarga nisbatan 50 baravarigacha oshiriladi.

 

K.ISMOILOV,

Shovot tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi boshlig’i.

Boshqa maqolalar

ФИСКАЛ ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАР СОДИР ЭТГАНЛИК УЧУН ҚЎЛЛАНИЛАДИГАН

personmaftuna 29-07-24, 23:35
0 ФИСКАЛ ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАР СОДИР ЭТГАНЛИК УЧУН ҚЎЛЛАНИЛАДИГАН МОЛИЯВИЙ САНКЦИЯЛАР МИҚДОРЛАРИ КАМАЙТИРИЛДИ

Қонун (ЎРҚ-927-сон, 29.05.2024 й.) билан Солиқ кодексига ўзгартириш киритилди Унга кўра: Фискал белгиларни акс эттириш...

“IJTIMOIY HIMOYA YAGONA REYESTRI” AXBOROT TIZIMI ORQALI KAM

personmaftuna 30-09-24, 02:46
0 “IJTIMOIY HIMOYA YAGONA REYESTRI” AXBOROT TIZIMI ORQALI KAM TA’MINLANGAN OILALARNI ANIQLASH VA ULARGA IJTIMOIY NAFAQALAR TAYINLASH BO‘YICHA ELEKTRON SHAKLDA ARIZA BERISHNI JORIY ETISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 10.11.2023-yildagi 596-son qaroriga asosan 2024-yil 1-apreldan...

NOGIRONLIGI BO'LGAN SHAXSLARNING ODIL SUDLOVDAN

personmaftuna 26-12-24, 14:57
0 NOGIRONLIGI BO'LGAN SHAXSLARNING ODIL SUDLOVDAN FOYDALANISHGA BO'LGAN HUQUQLARINI TA'MINLASH UCHUN QO'SHIMCHA SHAROITLAR YARATILADI

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-955-son, 05.09.2024-y.) bilan “Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari...

menu
menu