Kuzatuvchi » Siyosiy » XODIMLARINI "OPEN BUDGET"GA OVOZ YIG'ISHGA MAJBURLAGAN MANSABDORLARGA QANDAY CHORA KO'RILADI?

XODIMLARINI "OPEN BUDGET"GA OVOZ YIG'ISHGA MAJBURLAGAN MANSABDORLARGA QANDAY CHORA KO'RILADI?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-117-son qarori 6-bandiga asosan, tashabbusli budjetlashtirish jarayonlari doirasida budjet tashkilotlarining rahbar xodimlari tomonidan majburiy ovoz yig‘ish bo‘yicha xodimlarga topshiriq berishlari taqiqlanadi. Bu majburiy mehnatga jalb qilish sifatida tasniflanadi.

 

Mehnat kodeksining 5-moddasiga asosan majburiy mehnat taqiqlangan. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasiga muvofiq mehnatga biron-bir shaklda ma’muriy tarzda majburlash bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

 

Xuddi shu harakat takroran yoki voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etilsa, Jinoyat kodeksining 148²-moddasiga asosan javobgarlikka tortiladi. 

 

Majburiy mehnatga jalb qilish holatlariga duch kelsangiz Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 1282 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.

 

Yangibozor tumani yuridik xizmat korsatish markazi.

Boshqa maqolalar

PORA OLISH-BERISHDA VOSITACHILIK QILISH

personmaftuna 19-01-24, 17:32
0 PORA OLISH-BERISHDA VOSITACHILIK QILISH

Pora olish-berishda vositachilik qilish, ya’ni pora olish yoki berish xususidagi kelishuvga erishishga qaratilgan...

PREZIDENT HUZURIDA IQLIM KENGASHI TASHKIL ETILADI

personmaftuna 17-08-24, 02:25
0 PREZIDENT HUZURIDA IQLIM KENGASHI TASHKIL ETILADI

Prezidentning 23.07.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Iqlim kengashini tashkil etish...

ИИО ҲОДИМЛАРИ ҚАНДАЙ ҲОЛЛАРДА ЭЛЕКТРОШОК ҚУРИЛМАСИНИ

personmaftuna 23-03-24, 22:27
0 ИИО ҲОДИМЛАРИ ҚАНДАЙ ҲОЛЛАРДА ЭЛЕКТРОШОК ҚУРИЛМАСИНИ ҚЎЛЛАШИ МУМКИН ?

16.09.2016 йилдаги ЎРҚ-407-сон "Ички ишлар органлари тўғрисида"ги қонунга кўра, Ички ишлар органи ходими қуйидаги...

menu
menu