ROʻYXATGA OLISHDA REKLAMA VA AXBOROT KAMPANIYASI
Roʻyxatga olishni oʻtkazish bosqichida reklama va axborot kampaniyalari aholini roʻyxatga olish togʻrisida xabardor qilish, shuningdek, aholini roʻyxatga olishda ishtirok etishni taʼminlash va ragʻbatlantirishga qaratilgan zarur maʼlumotlarni taqdim qilish uchun zarurdir.
Odatda, aholini roʻyxatga olish jarayonida barqaror ishtirok etish koʻrsatkichini taʼminlash maqsadida mamlakat boʻylab yetib borish qiyin boʻlgan aholi guruhlartini aniqlashga va ular bilan maqsadli ishlashga alohida e’tibor qaratiladi. Aslida bunday kampaniyalarning maqsadlari aholini hamkorlikka jalb qilish, uni xabardor qilish, shuningdek, aholini roʻyxatga olishda ishtirok etishga ragʻbatlantirishdir.
Bunday reklama kampaniyasining asosiy vazifasi jamiyatning holatini aniqlash uchun yaqinlashib kelayotgan roʻyxatga olishning ahamiyatini, mamlakatning ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanish istiqbollari va ijtimoiy, mintaqaviy va umummilliy demografik oʻzgarishlarni tahlil qilishni tushuntirish hisoblanadi.
Roʻyxatga olish nafaqat mamlakat uchun, balki global miqyosda muhim madaniy va tarixiy ahamiyatga egadar. Roʻyxatga olish mamlakatning rasmiy statistika dasturining ajralmas qismidir
Asosiy amaliy maqsad- jamiyatning roʻyxatga olishga ijobiy munosabatini shakllantirish, mamlakat fuqarolarini unda ishtirok etishga va oʻzlari haqida ishonchli maʼlumot berishga undash boʻlib, ayniqsa, joylarda, an’anaviy tarzda roʻyxatga olish bilan bogʻliq. Shu bilan birga samarali axborot va reklama kampaniyasi yanada kengroq maqsadlarni qamrab olishi kerak, bu esa qulaylik uchun quyidagi komponentlar shaklida ifodalanishi mumkin:
- Roʻyxatga olish toʻgʻrisida aholini xabardorligini oshirish;
- Roʻyxatga olishdan (respondentlar va mamlakat uchun) olingan foyda haqida xabardor qilish;
- Odamlarga nima va qachon amalga oshirilishi haqida maʼlumot berish;
- Roʻyxatga olish jarayonida hali ishtirok etmagan shaxaslarni roʻyxatga olishda ishtirok etishga koʻndirish;
Reklama va targʻibot kampaniyasini oʻtkazish
Aholiga roʻyxatga olish va uning maqsadlarini tushuntirish uchun keng miqyosli reklama va axborot kampaniyasini oʻtkazish tavfsiya qilinadi. Reklama kampaniyasi jamoatchilik bilan aloqalar, reklama va sotsiologiya sohasidagi mutaxassislar tomonida amalga oshirilganda yaxshi samara berishi mumkin. Reklama tadbirlari dasturi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
- Jamoatchilikni xabardor qilish;
- Jamoatchilik fikrini oʻrganish;
- Ommaviy axborot vositalari bilan aloqa qilish
- Jamoatchilik fikrini monitoring qilish.
Xiva shahar statistika bo‘limi.
Boshqa maqolalar
БИЛАСИЗМИ?
personmaftuna 29-03-24, 06:51“Солиққа оид айрим ҳуқуқбузарликлар учун жавобгарлик чораларини мақбуллаштириш тўғрисида”ги Президент фармони...
ОПЕРАЦИЯ ВА РЕАНИМАЦИЯ ХОНАЛАРИДАГИ ВИДЕОЁЗУВЛАРНИ БИР ЙИЛ
personmaftuna 18-09-24, 21:37Вазирлар Маҳкамасининг 24.07.2024 йилдаги “Ўзбекистон Республикаси Соғлиқни сақлаш вазирлиги ҳузуридаги Тиббиёт...
AYOLLAR DAFTARI"DAN CHIQARISH UCHUN ASOS BO‘LADIGAN HOLATLAR
personmaftuna 27-03-24, 10:55Vazirlar Mahkamasining 145-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga asosan, xotin-qizlar quyidagi hollarda «Ayollar...