Kuzatuvchi » Siyosiy » TOSHKENTDA “OʻZBEKISTON BOʻYLAB SAYOHAT QIL!” TURISTIK YARMARKASI TASHKIL ETILADI

TOSHKENTDA “OʻZBEKISTON BOʻYLAB SAYOHAT QIL!” TURISTIK YARMARKASI TASHKIL ETILADI

Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.10.2024-yildagi “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” ichki turistik yarmarkasini tashkil etish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi VMQ-646-sonli qarori qabul qilindi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 12.01.2024-yildagi “Respublikaga хorijiy turistlar oqimini keskin darajada koʻpaytirish va ichki turizmni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-9-son Farmoniga muvofiq “Toʻrt faslning har birida sayohat” turistik mavsumlarini ochish doirasida “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” ichki turistik yarmarkasi tashkil etiladi.

Ichki turistik yarmarka 2024-yilda Toshkent shahrida Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan, 2025-yildan boshlab esa - respublika hududlarida unda ishtirok etayotgan tadbirkorlik sub’yektlari mablagʻlari, shuningdek mahalliy byudjetlar va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan oʻtkaziladi.

Hujjatda turizm sohasidagi tadbirkorlik sub’yektlari ishtirokida har yili quyidagilar tashkil etilishi nazarda tutilgan:

  • mart va avgust oylarida - Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida B2B (“biznes biznes uchun”) va B2C (“biznes iste’molchi uchun”) meхanizmlari asosida mintaqaviy ichki turistik yarmarkalar;
  • dekabr oyida - B2B doirasida milliy turistik yarmarka tashkil etiladi.

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” ichki turizm yarmarkasini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
  • 2025-yilda ichki turistik yarmarkalarni oʻtkazish boʻyicha tadbirlar rejasi.

 

 

Urganch shahar adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi.

 

 

Boshqa maqolalar

“КЎЧА САНЪАТИ ВА МУСИҚАСИ” ЛОЙИҲАСИ АМАЛГА ОШИРИЛАДИ

personmaftuna 27-01-24, 20:16
0 “КЎЧА САНЪАТИ ВА МУСИҚАСИ” ЛОЙИҲАСИ АМАЛГА ОШИРИЛАДИ

“Аҳолига маданий хизмат кўрсатиш даражасини янада ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент қарори (ПҚ–406-сон,...

БИЛИБ ОЛИНГ

personmaftuna 15-12-24, 23:11
0 БИЛИБ ОЛИНГ

“Камбағалликни қисқартириш ва аҳолини ижтимоий ҳимоя қилиш соҳасидаги қонунчиликка риоя этилиши ва унинг ижроси устидан...

TADBIRKORLARGA QANDAY KOʻMAK BERILADI?

personmaftuna 23-06-24, 23:44
0 TADBIRKORLARGA QANDAY KOʻMAK BERILADI?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 24.05.2024-yildagi “Tadbirkorlik subyektlariga subsidiyalar, imtiyozlar va...

menu
menu