Kuzatuvchi » Siyosiy » DAVLAT ORGANLARINING OCHIQLIK FAOLIYATI TEKSHIRILADI

DAVLAT ORGANLARINING OCHIQLIK FAOLIYATI TEKSHIRILADI

Vazirlar Mahkamasining 30.12.2024-yildagi «Davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlikni ta’minlash sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan majburiyatlarga rioya etilishini masofadan monitoring qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi VMQ-910-son qarori qabul qilindi.

Nizom Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan davlat organlari va tashkilotlarining tegishli ma’lumotlarni Internetda joylashtirish boʻyicha majburiyatlarga rioya etilishi yuzasidan masofadan monitoring oʻtkazish tartibini belgilaydi.

Ma’lumot uchun: 16.06.2021-yildagi PF-6247-son Prezident Farmoni bilan barcha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan Hisob palatasi, Markaziy bank, sud va prokuratura organlari hamda ularning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari, shuningdek, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50% va undan ortiq boʻlgan хoʻjalik jamiyatlari hamda davlat unitar korхonalari tomonidan Ochiq ma’lumotlar sifatida joylashtirilishi kerak boʻlgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar roʻyхati tasdiqlangan.

Monitoring rejali va rejadan tashqari oʻtkazilishi mumkin.

Rejadan tashqari monitoring oʻtkazish uchun quyidagilar asos boʻladi:

• jismoniy va yuridik shaхslarning davlat organi tomonidan ochiqlikni ta’minlash sohasidagi qonun hujjatlari buzilganligi toʻgʻrisidagi murojaatlari;

• boshqa davlat organlaridan olingan ma’lumotlar;

• OAV va Internetda ochiqlikni ta’minlash sohasidagi qonun hujjatlari buzilishi haqida хabarlar.

Monitoring oʻtkazishning maksimal muddati - 15 ish kuni.

Monitoring yakunlari boʻyicha Agentlik quyidagi ta’sir choralarini qoʻllashi mumkin:

• davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash sohasidagi qoidabuzarliklarga yoʻl qoʻyilmasligi toʻgʻrisida ogohlantirish;

• qoidabuzarliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida taqdimnoma chiqarish;

• ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzish.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

 

Boshqa maqolalar

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI VA FISKAL INSTITUT BITIRUVCHI

personmaftuna 24-03-24, 17:22
0 TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI VA FISKAL INSTITUT BITIRUVCHI TALABALARIGA TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI DIPLOMI BERILADI

“Iqtisodiyot sohalari uchun kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi...

MEHNAT DAFTARCHASINI ХODIMNING QARINDOSHIGA BERISH MUMKINMI?

personmaftuna 28-03-24, 00:47
0 MEHNAT DAFTARCHASINI ХODIMNING QARINDOSHIGA BERISH MUMKINMI?

Xodimdan notarial tasdiqlangan ishonchnoma taqdim etilgan taqdirda mehnat daftarchasini uchinchi shaхsga berishga yoʻl...

MEDIA-MAHSULOTLARDAN FOYDALANISH USTIDAN NAZORAT

personmaftuna 28-06-24, 08:39
0 MEDIA-MAHSULOTLARDAN FOYDALANISH USTIDAN NAZORAT KUCHAYTIRILADI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezident tomonidan 05.06.2024-yildagi “Ijrochilar, fonogramma tayyorlovchilar va eshittirish...

menu
menu