Kuzatuvchi » Siyosiy » TALABALAR AMALIYOT O‘TASH VAQTIDA OYLIK OLISHLARI MUMKIN

TALABALAR AMALIYOT O‘TASH VAQTIDA OYLIK OLISHLARI MUMKIN

Hukumatning 08.01.2024-yil kungi 11-son qarori bilan tegishli nizom tasdiqlangan

 Nizomga ko‘ra, haq to‘lanadigan ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan talabalar o‘rtasida har yili kamida bir marotaba tanlov o‘tkaziladi.

Amaliyot o‘tash uchun 500 ta (Toshkent shahri uchun – 45 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar uchun – 35 tadan) o‘rin ajratiladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun talaba arizani shaxsan o‘zi, pochta orqali yoki elektron shaklda o‘zi o‘qiyotgan oliy ta’lim tashkilotiga topshiradi.

Tanlovda qatnashish uchun talaba:

1)  bitiruvchi bosqichda tahsil olayotgan bo‘lishi;

2) ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi) tarmoq korxonasidagi faoliyat yo‘nalishiga mos bo‘lishi;

3) O‘zbekiston rezidenti bo‘lishi lozim.

Amaliyot 1 oydan 3 oygacha bo‘lgan davr mobaynida o‘quv rejasida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.

Tanlovni g‘olib talabalarining amaliyoti bo‘yicha xarajatlari 15 kun davomida tegishli tartibda qoplanadi. 

 Bunda talabaga BHMning 2 baravari miqdorida ish haqi va unga hisoblangan ijtimoiy soliq tegishli hisobraqamiga o‘tkaziladi.

Nizom harbiy va harbiylashtirilgan oliy ta’lim tashkilotlariga talluqli emas.

 

U.NAVRUZOV,

 Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i. 

Boshqa maqolalar

QONUNCHILIKKA KO'RA, OVCHILIK XO'JALIGINI TASHKIL ETISHNING

personmaftuna 30-09-24, 07:19
0 QONUNCHILIKKA KO'RA, OVCHILIK XO'JALIGINI TASHKIL ETISHNING QUYIDAGI TARTIBI O'RNATILADI

Qonunchilikka ko'ra, ovchilik xo'jaligini tashkil etishning quyidagi tartibi o'rnatiladi: ov qilish faqat ovchilik...

HOMILADOR AYOLLARNI YENGILROQ ISHGA YOKI NOQULAY ISHLAB

personmaftuna 13-12-24, 10:14
0 HOMILADOR AYOLLARNI YENGILROQ ISHGA YOKI NOQULAY ISHLAB CHIQARISH OMILLARI TA’SIRIDAN XOLI BO‘LGAN ISHGA O‘TKAZISH

Tibbiy xulosaga muvofiq homilador ayollarning ishlab chiqarish normalari, xizmat ko‘rsatish normalari avvalgi...

UY-JOYGA INVESTITSIYALAR DAROMADLILIGI TUSHIB BORMOQDA

personmaftuna 06-12-24, 15:57
0 UY-JOYGA INVESTITSIYALAR DAROMADLILIGI TUSHIB BORMOQDA

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari tomonidan Toshkent shahrida ko‘p qavatli uy-joylarga...

menu
menu