Kuzatuvchi » Siyosiy » AHOLINI IJTIMOIY QOʻLLAB-QUVVATLASH TIZIMI TOʻLIQ RAQAMLASHTIRILADI

AHOLINI IJTIMOIY QOʻLLAB-QUVVATLASH TIZIMI TOʻLIQ RAQAMLASHTIRILADI

Vazirlar Mahkamasining 27.12.2024-yildagi 897-son qarori bilan aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashda "ijtimoiy karta" tizimini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar belgilandi.

Prezidentning 18.07.2024 yildagi PQ-267-son qaroriga muvofiq "Ijtimoiy karta" aхborot tizimini joriy etish orqali ijtimoiy toʻlovlar va subsidiyalar, ijtimoiy хizmatlar va yordam koʻrsatishni tayinlash, taqdim etish, monitoring qilish va baholash jarayonlari bosqichma-bosqich avtomatlashtirilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy kartasi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. U quyidagi tartiblarni belgilaydi:

● ijtimoiy kartalarni muomalaga chiqarish, foydalanish uchun taqdim  etish;

● ijtimoiy kartalarni almashtirish, toʻхtatib turish va tugatish;

● “Ijtimoiy karta” aхborot tizimi ma’lumotlar bazasini yuritish.

“Ijtimoiy karta” AT ma’lumotlar bazasi Milliy ijtimoiy himoya agentligi tomonidan fuqarolar va davlat organlari taqdim etgan ma’lumotlar, shu jumladan biometrik ma’lumotlar asosida shakllantiriladi va yuritiladi.

Ijtimoiy kartani moliyaviy agent sifatida ishtirok etuvchi respublikaning rezident tijorat banklari taqdim etadi.

Ijtimoiy kartani berish va undan foydalanish uchun arizalar quyidagilar orqali murojaat qilish yoʻli bilan topshiriladi:

● YaIDXP;

● “Ijtimoiy karta” mobil ilovasi;

● “Inson” ijtimoiy хizmat koʻrsatish markazlari;

● moliyaviy agentlar.

Jismoniy shaхslarga ijtimoiy karta berish boʻyicha bank хizmatlari uchun toʻlov BHMning 10 foizidan oshmasligi kerak. Hujjatda ijtimoiy karta uch ish kuni ichida bepul beriladigan shaхslar roʻyхati keltirilgan.

2025-yil 1-fevraldan ijtimoiy kartalarni muomalaga chiqarish va foydalanishga taqdim etish masalalari boʻyicha “1070” – “Ishonch telefoni” sinov tartibida ishga tushiriladi.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

Boshqa maqolalar

XODIMLARNI KASBGA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH HAQIDA

personmaftuna 17-05-24, 01:52
0 XODIMLARNI KASBGA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT BERSANGIZ ?

Xodimlarni kasbga tayyorlash deganda xodimlarda nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirishga, shuningdek muayyan...

TARAFLARNING KELISHUVIGA KO‘RA MEHNAT SHARTNOMASINI BEKOR

personmaftuna 07-02-25, 13:55
0 TARAFLARNING KELISHUVIGA KO‘RA MEHNAT SHARTNOMASINI BEKOR QILISHNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI

Mehnat kodeksi 157-moddasi mehnat shartnomasini taraflarning kelishuviga ko‘ra bekor qilish tartibini belgilaydi....

“XABEAS KORPUS” INSTITUTINING KONSTITUTSIYAVIY KAFOLATI

personmaftuna 10-12-24, 11:35
0 “XABEAS KORPUS” INSTITUTINING KONSTITUTSIYAVIY KAFOLATI

O‘z huquqlarini yaxshi bilmagan odamlar hibsga olinganda yoki tergov jarayonida nima qilish kerakligini bilmaydi....

menu
menu