KIMLAR QONUNCHILIK TASHABBUSI HUQUQIGA EGA ?
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga asosan:
Qonunchilik tashabbusi huquqiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, davlat hokimiyatining oliy vakillik organi orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ega. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi va Bosh prokurori ham o‘z vakolatlari jumlasiga kiritilgan masalalar bo‘yicha qonunchilik tashabbusi huquqiga egadir.
O‘zbekiston Respublikasining saylov huquqiga ega bo‘lgan, yuz ming nafardan kam bo‘lmagan fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qonunchilik takliflarini qonunchilik tashabbusi tartibida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritishga haqli.
K.ISMOILOV,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.
Boshqa maqolalar
SUV MOTOTRANSPORT VOSITALARI UCHUN MAKSIMAL TEZLIK
personmaftuna 20-09-24, 07:10Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-sentyabrdagi “Suv havzalarida motorli (ichki yonuv...
QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARI QURILMALARINI
personmaftuna 22-01-24, 19:34Prezident 10.01.2024-yilda PQ-13-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining...
YOSHLARNI KASBGA VA CHET TILLARIGA O‘QITISH TIZIMI
personmaftuna 04-06-24, 14:07“Yoshlarni kasbga (mutaxassislikka) va chet tillariga o'qitish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari...