Kuzatuvchi » Siyosiy » MAHALLIY MEHNAT ORGANLARIGA MUROJAAT QILAYOTGAN FUQAROLARDAN ORTIQCHA HUJJATLAR TALAB ETILISHINING OLDI OLINADI

MAHALLIY MEHNAT ORGANLARIGA MUROJAAT QILAYOTGAN FUQAROLARDAN ORTIQCHA HUJJATLAR TALAB ETILISHINING OLDI OLINADI

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-967-son, 27.09.2024-y.) bilan “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi Unga ko‘ra, ish qidirayotgan shaxslarning mehnat organlariga ortiqcha hujjatlar taqdim etishiga yo‘l qo‘yilmasligini, bandlikni rag‘batlantirish va tadbirkorlikka jalb etish uchun subsidiyalar taqdim etish mexanizmi takomillashtirilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Shuningdek, ish beruvchilar tomonidan mahalliy mehnat organlariga bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari mavjudligi to‘g‘risidagi ma'lumotlarni, xodimlarning ishdan bo‘lg‘usi ozod etilishi haqidagi axborotni har oyda elektron tarzda taqdim etish shartlari belgilanmoqda. Bundan tashqari, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining nomlanishi aniqlashtirilmoqda, shuningdek oilaviy (maishiy) zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifasiga kiritilmoqda. Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

K.ISMOILOV,

 Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.

 

Boshqa maqolalar

МАЪРИФИЙ ФАОЛИЯТНИ АМАЛГА ОШИРИШ ТАРТИБИ БЕЛГИЛАНДИ

personmaftuna 19-03-25, 02:12
0 МАЪРИФИЙ ФАОЛИЯТНИ АМАЛГА ОШИРИШ ТАРТИБИ БЕЛГИЛАНДИ

Ҳукумат қарори (76-сон, 11.02.2025 й.) билан “Маърифий фаолиятни амалга ошириш тартиби тўғрисида”ги низом тасдиқланди....

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “AHOLIGA PSIXOLOGIK YORDAM

personmaftuna 20-11-24, 01:38
0 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “AHOLIGA PSIXOLOGIK YORDAM KO'RSATISH TO'G'RISIDA"GI QONUN (O'RQ-989-SON, 05.11.2024)  QABUL QILINDI

Qonun aholiga psixologik yordam ko'rsatish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Qonunga ko'ra, psixologik yordam...

PEDAGOGLAR SUDGA SHIKOYAT QILGANIDA DAVLAT BOJI TO‘LAMAYDI

personmaftuna 29-06-24, 08:45
0 PEDAGOGLAR SUDGA SHIKOYAT QILGANIDA DAVLAT BOJI TO‘LAMAYDI

📄 “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunning 8 xamda 10-moddalariga asosan, Pedagog xodimlar – kasbiy faoliyatini amalga...

menu
menu