Kuzatuvchi » Siyosiy » ISHCHI VIZA”NI RASMIYLASHTIRISH UCHUN KOMPENSATSIYA BERILADI

ISHCHI VIZA”NI RASMIYLASHTIRISH UCHUN KOMPENSATSIYA BERILADI

Farmonga ko'ra,   (https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/7222)2024-yil 1-iyundan:

“Xorijda ish” mehnat migratsiyasi elektron dasturiy majmuasida ro'yxatdan o'tgan va tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga:

-xorijiy tillar yoki kasb bo'yicha malaka imtihonlarini topshirish bilan bog'liq xarajatlarini qoplash uchun, basharti ular muvaffaqiyatli topshirilganda va sertifikat olinganda – BHMning 3 baravarigacha miqdorda;

-xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirishga “ishchi viza”ni rasmiylashtirish bilan bog'liq xarajatlarini qoplash uchun – BHMning 5 baravarigacha miqdorda;

-yo'l chiptasini xarid qilish bilan bog'liq xarajatlarini qoplash uchun – BHMning 2 baravarigacha miqdorda kompensatsiya to'lanadi.

-Sug'urta tashkilotlariga – “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta'minlangan oila sifatida e'tirof etilgan yoki “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”dan biriga kiritilgan va tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarning sog'lig'i va hayoti, har bir sug'urtalangan fuqaro uchun yiliga bir marta 50 ming so'mgacha miqdorda subsidiya to'lanadi;

-Xorijda mehnat qilish davrida zo'ravonlikka, majburiy mehnatga duchor bo'lgan va kamsitilgan, mehnat hamda boshqa huquqlari buzilgan, murakkab moliyaviy ahvolda, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz va yashash uchun mablag'siz qolgan O'zbekiston fuqarolariga advokatning, yuridik xizmatlar ko'rsatuvchi tashkilotlarning yoki huquqni muhofaza qilish tashkilotlarining xizmatlari uchun belgilangan tartibda haq to'lanadi.


Yangibozor tumani adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi.

 

Boshqa maqolalar

XODIMGA QAT’IY HAYFSAN E’LON QILISH MUMKINMI?

personmaftuna 20-03-24, 06:44
0 XODIMGA QAT’IY HAYFSAN E’LON QILISH MUMKINMI?

Odatda, aksariyat tashkilotlar oʻz хodimlarini umumiy intizomiy javobgarlikka tortish huquqiga ega, ya’ni ularga faqat...

TUMAN (SHAHAR) TIBBIYOT BIRLASHMALARI NEGIZIDA TUMAN

personmaftuna 07-06-25, 20:27
0 TUMAN (SHAHAR) TIBBIYOT BIRLASHMALARI NEGIZIDA TUMAN (SHAHAR) SOG'LIQNI SAQLASH BO'LIMLARI TASHKIL ETILADI

“Sog'liqni saqlash tizimidagi islohotlarni amalga oshirishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident...

O‘ZBEKISTONDA ISTE’MOLCHILAR BILISHI KERAK BO‘LGAN 5 MUHIM

personmaftuna 13-12-24, 09:55
0 O‘ZBEKISTONDA ISTE’MOLCHILAR BILISHI KERAK BO‘LGAN 5 MUHIM HUQUQIY QOIDA

1. Iste’molchi qanday huquqlarga ega? Iste’molchi xavfsiz va sifatli tovarlar va xizmatlardan foydalanish huquqiga ega....

menu
menu