FUQAROLAR TIBBIY YORDAMNI ELEKTRON NAVBAT ASOSIDA BEPUL OLISH HUQUQIGA EGA BO'LADI
2025-yil 1-iyuldan quyidagilar davlat tibbiy sug'urtasi mexanizmlari joriy etilgan hududlarda tuman (shahar) va hududiy darajadagi tibbiyot muassasalarida rejali stasionar tibbiy yordamni elektron navbat asosida bepul olish huquqiga ega bo'ladi: jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i yoki ijtimoiy soliq to'lovchilar; Soliq kodeksiga muvofiq mehnat stajini hisoblab chiqarish uchun belgilangan miqdorlarda soliq to'lagan shaxslar; voyaga yetmaganlar, ta'lim tashkilotlari o'quvchi-talabalari, homilador ayollar va ikki yoshga to'lmagan bolasini parvarishlayotgan shaxslar, mehnat organlarida ishsiz sifatida rasmiy ro'yxatdan o'tganlar, davlat pensiyasini oluvchilar hamda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta'minlangan deb e'tirof etilgan oilalarning a'zolari. 2027-yil 1-yanvardan so'nggi bir yil davomida kamida 6 oy jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i yoki ijtimoiy soliq to'laganlar uchun davlat tibbiy sug'urtasi tizimida yuqori texnologik tibbiy yordam bepul amalga oshiriladi.
D.AZAMATOVA,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
BALIQ OVLASH QOIDALARINI BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK MAVJUD
personmaftuna 14-06-25, 02:45Qonunchilikka ko'ra, tegishli ruxsati bo'lmay turib yoki taqiqlangan joylarda yoxud taqiqlangan muddatlarda,...
TIEKLARNING ISHI KPI ASOSIY SAMARADORLIK KOʻRSATKICHLARI
personmaftuna 12-08-24, 22:57Prezidentning 16.07.2024-yildagi "Nogironlikni belgilash tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar...
BIZNES VA TADBIRKORLIK OLIY MAKTABINING VAZIFALARI
personmaftuna 11-02-25, 02:27Vazirlar Mahkamasi 30.12.2024-yil dekabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va...