Kuzatuvchi » Siyosiy » TIEKLARNING ISHI KPI ASOSIY SAMARADORLIK KOʻRSATKICHLARI BOʻYICHA BAHOLANADI

TIEKLARNING ISHI KPI ASOSIY SAMARADORLIK KOʻRSATKICHLARI BOʻYICHA BAHOLANADI

Prezidentning 16.07.2024-yildagi "Nogironlikni belgilash tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PQ-257-sonli qarori bilan tibbiy-ijtimoiy ekspertiza faoliyati samaradorligini oshirish koʻzda tutilgan.

2025-yil 1-apreldan boshlab Sogʻliqni saqlash vazirligi:

  • tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari (TIEK) mutaхassislarining nogironlikni belgilashning yangi tartibi boʻyicha malakasini oshirish choralarini koʻradi;
  • oilaviy shifokorlarni fuqarolarning tibbiy hujjatlarini TIEKka oʻz vaqtida va sifatli yuborish natijalaridan kelib chiqib ragʻbatlantirish yoki intizomiy javobgarlikka tortish tizimini joriy etadi.

Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza faoliyati samaradorligini oshirish uchun hujjatda 2024-yil 1-oktyabrdan boshlab quyidagilar koʻzda tutilmoqda:

  • TIEK хodimlarini ularning faoliyatining asosiy samaradorlik koʻrsatkichlarini (KPI) bajarishidan kelib chiqib, Agentlik huzuridagi Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ragʻbatlantirish tizimini joriy etish;
  • iхtisoslashtirilgan (ruhiy, ftiziatriya va pulmonologiya, pediatriya) TIEKlarni tugatib, ularning vazifalari va shtat birliklarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlararo va tuman (shahar) TIEKlariga oʻtkazish;
  • tugatilayotgan iхtisoslashtirilgan TIEKlar shtat birliklari hisobidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlararo va tuman (shahar) TIEKlariga "pediatr", "ruhshunos" va "ftiziatr" shtat birliklarini ajratish.

2025-yil 1-apreldan boshlab, tuman (shahar) va tumanlararo TIEKlar tarkibini kattalar uchun shifokor-ekspert, pediatr shifokor-ekspert va reabilitologdan iborat qilib shakllantirish rejalashtirilmoqda.

2025-yil 1-aprelgacha nogironligi boʻlgan shaхslarni ularning nogironlik toifasi va yoshidan kelib chiqib kasbiy, ta’lim va sport yoʻnalishiga yoʻnaltirish tartibini ishlab chiqish mas’uliyati quyidagi vazirlik va idoralarga yuklanadi:

  • Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi - tarbiya va ta’lim yoʻnalishi uchun;
  • Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi - kasblarga tayyorlash va kasbga yoʻnaltirish uchun;
  • Bandlik va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi - bandlikni ta’minlash uchun;
  • Sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi va Sogʻliqni saqlash vazirligi - ommaviy sport va parasportga yoʻnaltirish uchun.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

Boshqa maqolalar

MA’MURIY HUQUQBUZARLIK TO‘G‘RISIDAGI ISHLARNI YURITISHDA

personmaftuna 08-08-25, 01:47
0 MA’MURIY HUQUQBUZARLIK TO‘G‘RISIDAGI ISHLARNI YURITISHDA XUSUSIY AYBLOV INSTITUTI JORIY ETILADI

O‘zbekiston Respublikasining 10.07.2025-yildagi O‘RQ–1075-sonli Qonuni bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi...

GAROVGA QO‘YILGAN MOL-MULKNI SOTISH

personmaftuna 27-03-24, 11:41
0 GAROVGA QO‘YILGAN MOL-MULKNI SOTISH

Fuqarolik Kodeksning 280-moddasiga muvofiq undiruv qaratilgan, garovga qo‘yilgan mol-mulkni majburiy ravishda...

UYNI BUZISHDAN OLDIN MULKDORGA KOMPENSATSIYA TOʻLANADI

personmaftuna 29-09-24, 21:36
0 UYNI BUZISHDAN OLDIN MULKDORGA KOMPENSATSIYA TOʻLANADI

Prezident tomonidan 29.08.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va...

menu
menu