Kuzatuvchi » Siyosiy » KREDIT TASHKILOTLARI VA NOBANK KREDIT TASHKILOTLARI FAOLIYATIDA AXBOROT XAVFSIZLIGI KUCHAYTIRILADI

KREDIT TASHKILOTLARI VA NOBANK KREDIT TASHKILOTLARI FAOLIYATIDA AXBOROT XAVFSIZLIGI KUCHAYTIRILADI

“Kiberxavfsizlikni ta'minlash sohasidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi Qonun (O'RQ-964-son, 20.09.2024-y.) qabul qilindi. Qonunga ko'ra, Markaziy bank faoliyatini tartibga soluvchi, banklar, nobank kredit tashkilotlari, to'lov tizimlari operatorlari, elektron hukumat faoliyatida axborot xavfsizligini va kiberxavfsizlikni ta'minlash belgilanmoqda. Shuningdek, avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish va bank siri sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilmoqda. Jumladan, “O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida”gi Qonunga kiritilgan qo'shimchaga ko'ra, Markaziy bank mikromoliya tashkilotlari, lombardlar, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari , shuningdek banklar, to'lov tashkilotlari, to'lov tizimlari operatorlari, valyuta birjalarining hamda kredit byurolarining faoliyatida axborot xavfsizligiga va kiberxavfsizlikka tahdidlarni aniqlash va ularning oldini olish bo'yicha choralar ko'radi. Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran 3 oy o'tgach kuchga kiradi.

I.RAXIMBERGANOV,

Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

KECHKI YOKI SIRTQI TA’LIM SHAKLI BO‘YICHA TA’LIM OLAYOTGAN

personmaftuna 28-03-24, 03:43
0 KECHKI YOKI SIRTQI TA’LIM SHAKLI BO‘YICHA TA’LIM OLAYOTGAN XODIMLAR UCHUN KAFOLATLAR VA KOMPENSATSIYALAR

Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tashkilotlarida kechki yoki sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qiyotgan...

YAMMT YORDAMIDA XODIMNI ISHDAN BO‘SHATISH HAQIDA QANDAY

personmaftuna 29-09-24, 15:11
0 YAMMT YORDAMIDA XODIMNI ISHDAN BO‘SHATISH HAQIDA QANDAY XABARDOR QILISH KERAK

Ish beruvchi xodimni shtat qisqarishiga sababchi bo‘lgan texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil...

18 YOSHGACHA BO‘LGAN SHAXSLARNING MEHNATINI QO‘LLASH

personmaftuna 11-12-24, 02:20
0 18 YOSHGACHA BO‘LGAN SHAXSLARNING MEHNATINI QO‘LLASH TAQIQLANADIGAN ISHLAR

18 yoshgacha bo‘lgan shaxslarning mehnatini mehnat sharoiti zararli va (yoki) xavfli bo‘lgan ishlarda, yer osti...

menu
menu