Kuzatuvchi » Siyosiy » KAMBAG'ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK SOHASIDA DAVLAT SIYOSATI TAKOMILLASHTIRILADI

KAMBAG'ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK SOHASIDA DAVLAT SIYOSATI TAKOMILLASHTIRILADI

“Kambag'allikni qisqartirish va bandlik sohasida davlat siyosatini takomillashtirish va samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-347-son, 04.10.2024-y.) qabul qilindi  Qarorga ko'ra, “Kambag'allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida quyidagilar Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi faoliyatining asosiy yo'nalishlari etib belgilandi, jumladan: mehnat bozorini, band va ishsiz aholini tarkibiy tahlil qilish, ishsizlarni manzilli aniqlash va ularning hisobini yuritish; aholi bandligini ta'minlash dasturlarini shakllantirish, bo'sh ish o'rinlari hisobini yuritish, ishsizlarni ishga joylashtirish; kambag'allikni qisqartirish; hokim yordamchilari faoliyatini muvofiqlashtirish; Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tugatildi.  2025-yil 1-dekabrgacha: 50 ta tumanda, 2026-yilda qolgan tumanlarda 50–100 gektardan ijara asosida ajratilgan qishloq xo'jaligi yer maydonlarida sanoatlashgan plantatsiya, bog' va uzumzorlar tashkil etiladi; ijara asosida yer maydonlari ajratilgan tumanlarda kamida 40 gektar maydonda “bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida yuqori daromadli va eksportbop qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish bo'yicha namunaviy loyihalar amalga oshiriladi.

 

K.ISMOILOV,

 Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i. 

Boshqa maqolalar

BIROVNING OILAVIY SIRINI TARQATGAN SHAXSLARGA QANDAY

personmaftuna 19-09-24, 00:17
0 BIROVNING OILAVIY SIRINI TARQATGAN SHAXSLARGA QANDAY JAVOBGARLIK BOR?

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 46 prim 1-moddasi, "Shaxsiy hayot daxlsizligini buzish" deb nomlanib,...

TOVARNING KELIB CHIQISHI SERTIFIKATINI KIM BERADI

personmaftuna 28-06-24, 11:41
0 TOVARNING KELIB CHIQISHI SERTIFIKATINI KIM BERADI

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.05.2024 yildagi “Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni...

ISH VAQTIDAN TASHQARI ISHLARGA JALB QILISH TARTIBI

personmaftuna 29-09-24, 15:43
0 ISH VAQTIDAN TASHQARI ISHLARGA JALB QILISH TARTIBI

Xodim uchun belgilangan kundalik ish (smena) muddatidan tashqari ishlash ish vaqtidan tashqari ish deb hisoblanadi ....

menu
menu