Kuzatuvchi » Siyosiy » DAVLAT MEHNAT INSPEKSIYASIGA KAMERAL NAZORAT O‘TKAZISH VAKOLATI BERILADI

DAVLAT MEHNAT INSPEKSIYASIGA KAMERAL NAZORAT O‘TKAZISH VAKOLATI BERILADI

Qarorga ko'ra, sanoat kirib bormagan mahallalarda 2025-yil 1-dekabrga qadar 1 000 ta, 2026-yilda 2 000 ta qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda kichik ishlab chiqarish loyihalari ishga tushiriladi. “Ishga marhamat” monomarkazlari va kasb-hunarga o'qitish markazlari negizida kasbiy ko'nikmalar markazlari tashkil etiladi hamda quyidagilar yo'lga qo'yiladi: 2025-yil 1-yanvardan ish beruvchilar talabiga moslashuvchan o'qitish muddati va vaqtini nazarda tutuvchi tezkor kurslar; 2025-yil 1-martdan amaliy kasbiy ko'nikmalarni bevosita ish joyida shakllantirish imkonini beruvchi yangi tajribani joriy etish; 2026-yil 1-yanvargacha kasbiy ko'nikmalar markazlarini xalqaro baholash tashkilotlarining akkreditatsiyasidan o'tkazish orqali ularning bitiruvchilariga xorijda tan olinadigan sertifikatlar (malaka pasportlari) berish; 2026-yil 1-iyulgacha xalqaro standartlar bo'yicha kasbiy malakani baholovchi markazi tashkil qilinadi va xorijiy davlatlarda tan olinadigan malaka sertifikati berish; Shuningdek, 2025-yil 1-martdan: Davlat mehnat inspeksiyasi va uning hududiy bo'linmalari mansabdor shaxslariga mehnat huquqlari va mehnatni muhofaza qilish, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish, aholi bandligi to'g'risidagi qonunchilik talablarini bajarmaganligi uchun kameral nazorat o'tkazish vakolati beriladi. mulkchilik shaklidan qat'i nazar barcha tashkilotlarda mehnat huquqlari va mehnat muhofazasi ta'minlanganlik holati onlayn reyting asosida baholanadi.

 

A.SHARIPBOYEV,

Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

“TAZYIQ VA ZOʻRAVONLIKDAN JABRLANGAN SHAХSLARGA IJTIMOIY

personmaftuna 28-09-24, 17:12
0 “TAZYIQ VA ZOʻRAVONLIKDAN JABRLANGAN SHAХSLARGA IJTIMOIY ХIZMATLAR KOʻRSATISHNI TAKOMILLASHTIRISH BOʻYICHA QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA”

Prezidentning 10.05.2024-yildagi “Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan shaхslarga ijtimoiy хizmatlar koʻrsatishni...

FIRMA NOMIDA QANDAY PRINSIPLARGA ZID BO‘LGAN BELGILAR

personmaftuna 29-06-24, 09:13
0 FIRMA NOMIDA QANDAY PRINSIPLARGA ZID BO‘LGAN BELGILAR KO‘RSATILMASLIGI KERAK?

O‘zbekiston Respublikasi “Firma nomlari to‘g‘risida”gi Qonunining 4-moddasiga (https://lex.uz/docs/-1055517) asosan...

PROKURORNING AYRIM FUQAROLIK VA IQTISODIY ISHLARDAGI

personmaftuna 28-10-24, 16:16
0 PROKURORNING AYRIM FUQAROLIK VA IQTISODIY ISHLARDAGI ISHTIROKI BOʻYICHA VAKOLATLARI BELGILANDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 30.09.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga...

menu
menu