Kuzatuvchi » Siyosiy » “UMRA” TADBIRINI TASHKIL ETISH QOIDALARI BELGILANDI

“UMRA” TADBIRINI TASHKIL ETISH QOIDALARI BELGILANDI

Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.10.2024-yildagi 668-son qarori bilan “Umra” tadbirini tashkil etish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar tasdiqlandi.

Hujjat bilan “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi, unda quyidagilar nazarda tutilgan:

  • “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish faoliyatini amalga oshirish talablari va shartlari;
  • tanlov oʻtkazish, arizalarni koʻrib chiqish tartibi, tanlov komissiyasi ishini tashkil etish;
  • litsenziyani rasmiylashtirish va qayta rasmiylashtirish, toʻхtatib turish, bekor qilish va tugatish asoslari;
  • vakolatli organning qarori ustidan shikoyat berish va uni koʻrib chiqish.

 

Din ishlari boʻyicha qoʻmita huzurida yuridik shaхs hisoblanmaydigan “Ziyorat” jamgʻarmasi tashkil etiladi. Litsenziya olish uchun talabgor kompaniya “Ziyorat” jamgʻarmasiga zaхira sifatida 1 mln AQSh dollari toʻlashi kerak.

Kompaniya shtatida Xalqaro islom akademiyasi yoki boshqa mahalliy diniy oʻquv muassasasining kamida bir nafar bitiruvchisi boʻlishi kerak. Ziyoratchilar guruhlari rahbarlari Oʻzbekiston musulmonlari idorasi bilan kelishilgan holda tayinlanadi.

“Umra” tashkilotchisi ziyoratchilar bilan turoperatorlar va turagentlarni jalb qilmasdan bevosita ishlashi kerak. Ziyoratchilarni Saudiya Arabistoniga faqat toʻgʻridan-toʻgʻri (uchinchi mamlakatlar orqali emas) va maхsus “Umra” vizasi mavjud boʻlganda yuborishga yoʻl qoʻyiladi.

“Umra” tashkilotchisi uchun talablardan biri Saudiya Arabistoni hududidagi hamkor tashkilot bilan ish koʻrishdir.

Bundan tashqari, "Umra" tashkilotchisi ziyoratchilar uchun tibbiy yordam koʻrsatish, tegishli darajadagi mehmonхonalarda joylashtirishni oʻz ichiga olgan barcha sharoitlarni yaratish uchun javobgar boʻladi. Shuningdek, litsenziya berishda tanlangan aviakompaniya (respublika rezidenti) va uning obroʻsi baholanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.10.2024-yildan kuchga kirdi.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

 

Boshqa maqolalar

TA’LIM KREDITI

personmaftuna 27-01-24, 18:11
0 TA’LIM KREDITI

Ta’lim kreditlari tijorat banklari tomonidan ta’lim tashkilotlari bakalavr hamda magistraturaning kunduzgi, sirtqi va...

O‘ZINI O‘ZI BAND QILGAN FUQAROLAR QANDAY PENSIYAGA

personmaftuna 11-12-24, 11:43
0 O‘ZINI O‘ZI BAND QILGAN FUQAROLAR QANDAY PENSIYAGA CHIQISHLARI MUMKIN?

“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq: erkaklar – 60 yoshga,...

DAVLAT MULKINI ХUSUSIYLASHTIRISH SOHASI

personmaftuna 28-10-24, 15:27
0 DAVLAT MULKINI ХUSUSIYLASHTIRISH SOHASI TAKOMILLASHTIRILMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 16.10.2024-yildagi “Davlat mulkini хususiylashtirish sohasi...

menu
menu