Kuzatuvchi » Siyosiy » TASHQI SAVDO OPERATSIYALARI BOʻYICHA VALYUTA NAZORATI TAKOMILLASHTIRILMOQDA

TASHQI SAVDO OPERATSIYALARI BOʻYICHA VALYUTA NAZORATI TAKOMILLASHTIRILMOQDA

Ozbekiston Respublikasi Prezidentning 14.10.2024-yildagi PF-156-son Farmoni bilan Prezidentning ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Hujjat tashqi savdo operatsiyalarida muddati oʻtgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni hisob-kitob qilishni yanada takomillashtirish, aktivlarni repatriatsiya qilish boʻyicha munosabatlarni tartibga solish, shuningdek, bojхona toʻlovlarini oʻz vaqtida toʻlamaslik tartibini takomillashtirish maqsadida qabul qilindi.

Xususan, oʻzgartirish va qoʻshimchalar bojхona toʻlovlarini kechiktirish muddatlarini unifikatsiya qilish va ushbu muddatlarni 120 kundan oshmaydigan qilib belgilashni nazarda tutadi. Tegishli oʻzgarish Prezidentning 12.06.2023-yildagi PF-93-son Farmoniga kiritildi.

Bundan tashqari, qishloq хoʻjaligi teхnikasi, uni ishlab chiqarish uchun materiallar va butlovchi qismlarni import qilishda QQSni toʻlashni kechiktirish 120 kungacha qisqartiriladi (Prezidentning 01.02.2021-yil PQ-4969-son qarorida 270 kun nazarda tutilgan edi).

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

Boshqa maqolalar

ELEKTRNI UZISH HAQIDA OGOHLANTIRISH BERISH TARTIBI QANDAY?

personmaftuna 12-12-24, 02:36
0 ELEKTRNI UZISH HAQIDA OGOHLANTIRISH BERISH TARTIBI QANDAY?

– Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini tasdiqlash...

NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARGA G‘AMXO‘RLIK QILUVCHI

personmaftuna 17-08-24, 02:28
0 NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARGA G‘AMXO‘RLIK QILUVCHI FUQAROLANING IMTIYOZLARI

Nogironligi bo‘lgan shaxslarga g‘amxo‘rlik qiluvchi (yo‘lda kuzatib boruvchi) fuqarolar ham bir qancha imtiyozlarga...

“ҲАЗРАТ НАВОИЙНИ АНГЛАШ – ЎЗЛИГИМИЗНИ АНГЛАШ” МАВЗУСИДА

personmaftuna 17-03-25, 11:27
0 “ҲАЗРАТ НАВОИЙНИ АНГЛАШ – ЎЗЛИГИМИЗНИ АНГЛАШ” МАВЗУСИДА РЕСПУБЛИКА ТАНЛОВИ ЎТКАЗИЛАДИ

“Буюк шоир ва мутафаккир Мир Алишер Навоий ижодий меросини юртимиз ва жаҳон миқёсида кенг тарғиб қилиш ҳамда Навоий...

menu
menu