Kuzatuvchi » Siyosiy » POEZDDA YO‘QOLGAN BUYUMLARNI QAYTARIB OLISH MUMKINMI?

POEZDDA YO‘QOLGAN BUYUMLARNI QAYTARIB OLISH MUMKINMI?

Qonunchilikka ko‘ra, yo‘lovchi tashish poezdida yo‘qolgan va topib olingan buyumlarni 30 kun davomida hech kim talab qilib kelmasa, vokzal boshlig‘i dalolatnoma va ro‘yxat bilan hujjatsiz yuklar omboriga jo‘natadi.

Yo‘lovchilar tomonidan yuk saqlash xonalaridan olinmagan buyumlar chiqarib olinganda, ularning ro‘yxati bilan birga dalolatnoma tuzilishi kerak. Yuk egasining joylashgan joyini aniqlashning iloji bo‘lsa, unga zudlik bilan buyumlar turgan joy haqida xabarnoma jo‘natiladi.

Topilgan buyumlarni egasi o‘sha yo‘qolgan buyumlarning aniq alomatlarini, ular nimadan iborat ekanligini yozma ravishda ko‘rsatgan yoki buyumlarni qulflovchi qulflarga kalitni taqdim qilgan holda isbotlab berishi kerak.

Agar buyumlar ular topib olingan yoki topshirilgan vokzalda saqlanayotgan bo‘lsa, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar tekshirilgandan keyin, vokzal boshlig‘i farmoyishiga asosan egasiga topshiriladi.

Buyumlarni qabul qilib olishda uning egasi tashuvchiga lozim bo‘lgan barcha to‘lovlarni (saqlash, o‘rash, bagaj tarifi bo‘yicha tashish va e’lonni chop etish, agar bu qilingan bo‘lsa) to‘lashi, shuningdek, buyumlarni qabul qilib olganligi haqidagi tilxatni hamda shaxsini tasdiqlovchi hujjatni taqdim qilishi kerak. Buyumlarni saqlash uchun barcha to‘lovlar belgilangan tariflar bo‘yicha amalga oshiriladi.

 

Tursunboy URAZBAYEV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

ОРОЛБЎЙИ МИНТАҚАСИДА ТИББИЙ ХИЗМАТ СИФАТИ ОШИРИЛАДИ

personmaftuna 30-01-25, 02:46
0 ОРОЛБЎЙИ МИНТАҚАСИДА ТИББИЙ ХИЗМАТ СИФАТИ ОШИРИЛАДИ

“ KfW ” банки (Германия Федератив Республикаси) иштирокидаги “Оролбўйи минтақасида тиббий хизмат сифатини ошириш”...

TADBIRKORLIK FAOLIYATINI AMALGA OSHIRISH UCHUN YANADA QULAY

personmaftuna 08-02-25, 00:47
0 TADBIRKORLIK FAOLIYATINI AMALGA OSHIRISH UCHUN YANADA QULAY SHART-SHAROITLAR YARATILADI

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-979-son, 21.10.2024-y.) bilan Ma'muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga...

ЯНГИДАН ТАШКИЛ ҚИЛИНГАН ТАДБИРКОРЛАР РИВОЖЛАНИШИНИ БАҲОЛАШ

personmaftuna 30-01-25, 01:33
0 ЯНГИДАН ТАШКИЛ ҚИЛИНГАН ТАДБИРКОРЛАР РИВОЖЛАНИШИНИ БАҲОЛАШ КЎРСАТКИЧЛАРИ МАҚБУЛЛАШТИРИЛАДИ

“Ўзбекистон Республикаси Президентининг айрим ҳужжатларига ўзгартириш ва қўшимчалар киритиш тўғрисида”ги Президент...

menu
menu