Kuzatuvchi » Siyosiy » TEGISHLI MA’LUMOTGA EGA SHAXSLAR AHOLIGA PSIXOLOGIK YORDAM KO‘RSATADI

TEGISHLI MA’LUMOTGA EGA SHAXSLAR AHOLIGA PSIXOLOGIK YORDAM KO‘RSATADI

“Aholiga psixologik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ-989-son, 05.11.2024-y.) qabul qilindi.

Qonun aholiga psixologik yordam ko‘rsatish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.

Qonunga ko‘ra, psixologik yordam – tang (krizisli) vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etishga, shaxslararo munosabatlarni hamda ruhiy salomatlikni yaxshilashga, shaxsiyatni rivojlantirishga yoki insonning ijtimoiy moslashuvini yaxshilash uchun psixologik ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan, psixologik yordam ko‘rsatish standartlariga muvofiq amalga oshiriladigan chora-tadbirlar majmui hisoblanadi.

Psixologik yordam davlat organlarida yoki boshqa tashkilotlarda ishlovchi psixologlar yoxud ushbu sohada xususiy tartibda faoliyat olib boruvchi yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan bepul yoki pullik asosda ko‘rsatiladi.

Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida ta’lim oluvchilarning psixologik salomatligini saqlash, sog‘lom psixologik muhit yaratish va ularning shaxsiy rivojlanishiga ko‘maklashish maqsadida psixologik yordam ko‘rsatish tashkil etiladi.

Shaxs psixologik yordam ko‘rsatish sohasidagi tadqiqotlarga yoki ilmiy tajribalarga faqat ixtiyoriy ravishdagi yozma roziligi yoki o‘z qonuniy vakillarining yozma roziligi olinganidan keyin jalb etilishi mumkinligi belgilandi.

Psixologiya yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar psixologik yordam ko‘rsatish bo‘yicha faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega.

Shaxsning psixologik yordam ko‘rsatilishini so‘rab murojaat qilganligi fakti, psixologik yordam natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar va psixologik yordam ko‘rsatish chog‘ida olingan boshqa ma’lumotlar psixologning kasbiy sirini tashkil etadi hamda shifokor siriga tenglashtiriladi.

Shuningdek, psixologik yordamni bunday huquqqa ega bo‘lmagan shaxs tomonidan ko‘rsatish yoxud aholiga psixologik yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan cheklovlarga rioya etmaganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

 

M. SADIKOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 

Boshqa maqolalar

IQTISODIYOTDA DAVLAT ISHTIROKI QISQARTIRILMOQDA

personmaftuna 11-06-24, 20:15
0 IQTISODIYOTDA DAVLAT ISHTIROKI QISQARTIRILMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-mayda qabul qilingan “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini...

O‘LIMNI QAYD ETISH

personmaftuna 29-06-24, 09:27
0 O‘LIMNI QAYD ETISH

Oila kodeksining 223-moddasiga asosan, - o‘limni qayd etish marhumning doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi...

TUG‘ILISHNI QAYD ETISH UCHUN TAQDIM QILINADIGAN HUJJATLAR

personmaftuna 28-06-24, 22:55
0 TUG‘ILISHNI QAYD ETISH UCHUN TAQDIM QILINADIGAN HUJJATLAR QAYSILAR ?

O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 206-moddasiga asosan.Bolaning tug‘ilishi uning tug‘ilganligi haqidagi tibbiy...

menu
menu