O‘LIMNI QAYD ETISH
Oila kodeksining 223-moddasiga asosan,
- o‘limni qayd etish marhumning doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat’i nazar, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan amalga oshiriladi.
- Fuqaroni vafot etgan deb e’lon qilish haqidagi sudning hal qiluv qaroriga asosan o‘limni qayd etish sudning mazkur qarorida ko‘rsatilgan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan amalga oshiriladi.
- Hayotining birinchi haftasi davomida o‘lgan bolalarning tug‘ilganligi va o‘limi tibbiy muassasa joylashgan yerdagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organida qayd etiladi.
- O‘lim sodir bo‘lganligi haqidagi ariza o‘lim sodir bo‘lgan kuni yoki murda topilgach, uch kundan kechiktirmay berilishi zarur.
U.NAVRUZOV,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.
Boshqa maqolalar
ДАВЛАТ ХАРИДЛАРИНИ КОРПОРАТИВ БАНК КАРТАЛАРИ ОРҚАЛИ АМАЛГА
personmaftuna 19-03-25, 06:26Ҳукумат қарори (108-сон, 24.02.2025 й.) билан “Давлат харидларини корпоратив банк карталари орқали амалга ошириш...
FUQAROLAR HIMOYASINING HUQUQIY KAFOLATLARI YANADA
personmaftuna 08-08-25, 14:49O`zbekiston Respublikasining O'RQ-963-son Qonuni bilan ayrim qonun hujjatlarga o'zgartirish va qo'shimchalar...
XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA IMTIYOZLAR
personmaftuna 08-12-24, 13:24O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish...