Kuzatuvchi » Siyosiy » O‘ZBEKISTONDA 2030 YILGA KELIB URBANIZATSIYA DARAJASI 60 FOIZGA OSHIRILADI

O‘ZBEKISTONDA 2030 YILGA KELIB URBANIZATSIYA DARAJASI 60 FOIZGA OSHIRILADI

Samarqand va Namangan shaharlarini “millionlik shaharlar”ga aylantirish, aholisi 300 mingdan ko‘p bo‘lgan shahar va tumanlar sonini 28 taga yetkazish maqsad qilingan. 

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasida urbanizatsiya darajasini 2030-yilga kelib 51 foizdan 60 foizga oshirish ko‘zda tutilgan, deb yozadi UzA.

Shuningdek, ushbu strategiyada Samarqand va Namangan shaharlarini “millionlik shaharlar”ga aylantirish, aholisi 300 mingdan ko‘p bo‘lgan shahar va tumanlar sonini 28 taga yetkazish hamda barcha aholi punktlarining bosh rejalarini ishlab chiqish maqsadlari qo‘yilgan.

Ayni shu talablardan kelib chiqib, Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari tomonidan mamlakatda urbanizatsiya jarayonining rivojlanish tendensiyalari o‘rganildi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda urbanizatsiya darajasining ortishiga aholi daromadlarining oshishi, oliy ma’lumotli kadrlarning ko‘payishi va uy-joylar qurilishi ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

So‘nggi 10 yilda O‘zbekistonda shahar va qishloq aholisi soni 20,7 foizga teng sur’atda o‘sdi. Bu davrda urbanizatsiya darajasi 50-51 foiz orasida saqlanib, Toshkent shahri inobatga olinmasa, hududlarda urbanizatsiya darajasi 46-47 foiz atrofida bo‘ldi.

Toshkent shahrining jozibadorligi tufayli mehnatga layoqatli aholining ushbu shaharga ko‘chishi ortib bormoqda. Jumladan, Toshkentdagi doimiy aholining 64 foizi ishga layoqatli yoshdagi shaxslardan iborat bo‘lsa, hududlarda bu ko‘rsatkich 54 foizdan oshmaydi.

Tadqiqot xulosasida qayd etilganidek, yuqori daromadli ish o‘rinlari yaratish, malakali kadrlar tayyorlash darajasini oshirish, ijtimoiy infratuzilmani takomillashtirish va ijtimoiy xizmatlar sifatini yaxshilash orqali urbanizatsiya darajasini oshirish mumkin. Bu omillar yashash sharoitlarini yaxshilashga va urbanizatsiya jarayonini rivojlantirishga xizmat qiladi.


Tursunboy URAZBAYEV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

DUKKAKLI VA MOYLI EKINLAR URUGʻLARI SERTIFIKATLASHTIRILADI

personmaftuna 03-05-24, 00:42
0 DUKKAKLI VA MOYLI EKINLAR URUGʻLARI SERTIFIKATLASHTIRILADI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.04.2024-yildagi 201-son li Qarori bilan Eksportga moʻljallangan va...

AKADEMIK TA’TIL BERISH: U QANDAY AMALGA OSHIRILADI?

personmaftuna 29-11-24, 05:50
0 AKADEMIK TA’TIL BERISH: U QANDAY AMALGA OSHIRILADI?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 03.06.2021-yildagi 344-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq,...

BIR QATOR QONUNLARGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITILDI

personmaftuna 28-10-24, 15:47
0 BIR QATOR QONUNLARGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 10.10.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga...

menu
menu