Kuzatuvchi » Siyosiy » KORRUPSIYA HAQIDA XABAR BERUVCHILARNI HIMOYA QILISH MEXANIZMI YARATILADI

KORRUPSIYA HAQIDA XABAR BERUVCHILARNI HIMOYA QILISH MEXANIZMI YARATILADI

Koreyaning “Clean Portal” platformasi tajribasi asosida “O‘zbekistonda korrupsiya holatlari haqida xabar berishning samarali mexanizmini yaratish” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Bu Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda Janubiy Koreyaning Korrupsiyaga qarshi kurash va fuqarolik huquqlari bo‘yicha komissiyasi hamkorligida amalga oshirilmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, loyiha doirasida «Korrupsiyaga qarshi kurashda korrupsiya haqida xabar berishning o‘rni va ta’siri» mavzusida so‘rovnoma o‘tkazildi.

Tadqiqotda respondentlarning 74 foizi korrupsiya holatlari haqida xabar berish va 82,2 foizi elektron platforma yoki mobil ilova orqali ma’lum qilish uchun tayyorligini bildirgan.

Korrupsiya holatlari haqida xabar bermaslikning asosiy sabablari sifatida korrupsiyadan o‘zlari manfaatdorligi (19,8%) va kimga murojaat qilishni bilmasligini (20,4%) qayd etishgan.

13,8 foizi esa minnatdorchilik sifatida sovg‘a berishni oddiy hol deb hisoblashini, 7,4 foizi bunday harakatlarni korrupsiya holati deb bilmasligini ta’kidlagan.

Mazkur so‘rovnoma natijalari O‘zbekiston Respublikasining «Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan shaxslarni himoya qilish to‘g‘risida»gi qonun loyihasida aks ettiriladi. Ya’ni, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida xabar bergan shaxslarni himoya qilish bo‘yicha zarur asoslar yaratiladi.

Bu korrupsiya haqida xabar bergan shaxslarni himoya qilish bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rish va ularni rag‘batlantirish bilan bog‘liq samarali mexanizmlarni yaratishga xizmat qiladi.

Ayni paytda “Clean Portal” platformasi ilg‘or yutuqlari asosida murojaatlarni qabul qilish bo‘yicha markazlashtirilgan yagona elektron tizim ishlab chiqilib, hozirda ushbu tizimni ishga tushirish choralari ko‘rilmoqda.

 

Tursunboy URAZBAYEV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

TADBIRKORLARDAN ХISOBOTLARNI TALAB QILIB OLISH JARAYONIDA

personmaftuna 26-12-24, 02:25
0 TADBIRKORLARDAN ХISOBOTLARNI TALAB QILIB OLISH JARAYONIDA DAVLAT ORGANLARINING MA’SULIYATI OSHIRILMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 21.10.2024-yildagi “Tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan hisobotlarni...

YANGI YUK TASHUVCHI TRANSPORTLAR UTILIZATSIYA YIG‘IMIDAN

personmaftuna 22-03-24, 00:30
0 YANGI YUK TASHUVCHI TRANSPORTLAR UTILIZATSIYA YIG‘IMIDAN OZOD ETILADI

Bundan tashqari, ularni import qilishda kelasi yilgacha bojxona boji stavkasi 5% miqdorida belgilanadi. Yangi yuk...

MEHNAT MIGRATSIYASIDAN QAYTGAN SHAXSLAR VA ULARNING OILA

personmaftuna 04-06-24, 14:17
0 MEHNAT MIGRATSIYASIDAN QAYTGAN SHAXSLAR VA ULARNING OILA A'ZOLARI BEPUL TIBBIY KO'RIKDAN O‘TKAZILADI

Farmonga muvofiq 2024-yil 1-iyundan: Mehnat migratsiyasidan qaytgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga har...

menu
menu