Kuzatuvchi » Siyosiy » SHAXSNI TURMUSHGA CHIQISHGA MAJBUR QILGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK MAVJUDMI?

SHAXSNI TURMUSHGA CHIQISHGA MAJBUR QILGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK MAVJUDMI?

— Ayolni erga tegishga yoki nikohda yashashni davom ettirishga majbur qilish uchun javobgarlik belgilanganmi?

— O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 76-moddasiga binoan Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda u jamiyat va davlat muhofazasidadir.

Nikoh O‘zbekiston xalqining an’anaviy oilaviy qadriyatlariga, nikohlanuvchilarning ixtiyoriy roziligiga va teng huquqliligiga asoslanadi.

Davlat oilaning to‘laqonli rivojlanishi uchun ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa shart-sharoitlar yaratadi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47(3)-moddasida nikoh yoshi to‘g‘risidagi qonunchilikni yoki nikoh tuzish tartibini buzish uchun javobgarlik belgilangan. Xususan, Ota-ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan nikoh yoshiga yetmagan shaxsni erga berish yoxud uylantirish, bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 136-moddasiga binoan:

Ayolni erga tegishga yoki nikohda yashashni davom ettirishga majbur qilish yoxud ayolning erkiga xilof ravishda u bilan nikohda bo‘lish uchun o‘g‘rilash, shuningdek, ayolning erga tegishiga to‘sqinlik qilish — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

 

Boshqa maqolalar

HAYDOVCHILIK GUVOHNOMASI YO‘QOTIB QO‘YILSA QAYTA IMTIHON

personmaftuna 10-12-24, 11:41
0 HAYDOVCHILIK GUVOHNOMASI YO‘QOTIB QO‘YILSA QAYTA IMTIHON TOPSHIRILADIMI?

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 408-son qarorining 2-ilovasi 58, 59 va 60 bandlarida milliy haydovchilik...

MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI SOHASIDAGI XODIMLAR KO‘P

personmaftuna 28-04-25, 12:56
0 MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI SOHASIDAGI XODIMLAR KO‘P YILLIK XIZMATI UCHUN RAG'BATLANTIRILADI

“Maktabgacha va maktab ta'limi sohasida boshqaruv tizimi samaradorligini oshirishning qo'shimcha chora-tadbirlari...

QANDAY OILALAR KAM TA’MINLANGAN OILA HISOBLANADI?

personmaftuna 30-09-24, 22:24
0 QANDAY OILALAR KAM TA’MINLANGAN OILA HISOBLANADI?

Vazirlar Mahkamasining 654-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga asosan; Oilaning har bir aʼzosiga jami bir oylik...

menu
menu