Kuzatuvchi » Siyosiy » TANAFFUSLAR BOLANI OVQATLANTIRISH UCHUN BERILADIGAN BO‘LSA: UNDA QANDAY BO‘LADI ?

TANAFFUSLAR BOLANI OVQATLANTIRISH UCHUN BERILADIGAN BO‘LSA: UNDA QANDAY BO‘LADI ?

Ikki yoshga to‘lmagan bolasi bor ishlovchi ayollar ish kunida bolani ovqatlantirish uchun mo‘ljallangan qo‘shimcha tanaffuslar olishga haqli.  Bu tanaffuslar ish vaqtiga kiritiladi va ularga o‘rtacha oylik ish haqi hisobi bo‘yicha haq to‘lanadi.

Qonunchilikka ko‘ra, ikki yoshga to‘lmagan bolaning ota-onasidan biriga (vasiysiga) dam olish va ovqatlanish uchun tanaffusdan tashqari bolani ovqatlantirish uchun qo‘shimcha tanaffuslar beriladi. Bu tanaffuslar kamida har uch soatda, har biri o‘ttiz minutdan kam bo‘lmagan davomiylikda beriladi. Ikki yoshga to‘lmagan ikki yoki undan ortiq nafar farzandi bo‘lgan taqdirda, tanaffusning davomiyligi kamida bir soat qilib belgilanadi. Bolani ovqatlantirish uchun tanaffuslar ish vaqtiga kiritiladi va o‘rtacha ish haqi bo‘yicha haq to‘lanadi.

Ikki yoshga to‘lmagan bola otasining yoki onasining (vasiysining) xohishiga ko‘ra bolani ovqatlantirish uchun tanaffuslar dam olish va ovqatlanish uchun tanaffusga qo‘shib berilishi yoxud ish kunining (smenaning) tegishincha qisqartirilgan holda boshiga yoki oxiriga ko‘chirilishi, shu jumladan jamlangan holda ko‘chirilishi mumkin.

Bolani ovqatlantirish uchun tanaffuslar faqat ota-onadan biri bolani parvarishlash ta’tilida bo‘lmagan va bunday tanaffuslardan foydalanmayotgan taqdirda beriladi.

Bolani ovqatlantirish uchun tanaffuslarning aniq davomiyligi va ularni berish tartibi jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo‘lsa, kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishuvga ko‘ra ish beruvchi tomonidan belgilanadi.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

 

 

Boshqa maqolalar

GAROVGA QO‘YILGAN MOL-MULKNI SOTISH

personmaftuna 27-03-24, 11:41
0 GAROVGA QO‘YILGAN MOL-MULKNI SOTISH

Fuqarolik Kodeksning 280-moddasiga muvofiq undiruv qaratilgan, garovga qo‘yilgan mol-mulkni majburiy ravishda...

УЙ-ЖОЙГА МУҲТОЖ ХОТИН-ҚИЗЛАРГА БЕРИЛАДИГАН АРЗОН УЙ-ЖОЙЛАР

personmaftuna 21-03-24, 23:21
0 УЙ-ЖОЙГА МУҲТОЖ ХОТИН-ҚИЗЛАРГА БЕРИЛАДИГАН АРЗОН УЙ-ЖОЙЛАР ТЎЛОВИ КАНДАЙ АМАЛГА ОШИРИЛАДИ?

Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 12.04.2018 йилдаги 285-сон қарорига мувофиқ Уй-жойга муҳтож...

ҚАРОРГА КЎРА, ЎЗБЕКИСТОН ВА ВЕНГРИЯ ҲУКУМАТИ ЎРТАСИДА ҲАВО

personmaftuna 27-03-24, 10:56
0 ҚАРОРГА КЎРА, ЎЗБЕКИСТОН ВА ВЕНГРИЯ ҲУКУМАТИ ЎРТАСИДА ҲАВО ҚАТНОВИ ТЎҒРИСИДАГИ БИТИМ ТАСДИҚЛАНДИ

Битим 2023 йил 19 август куни Будапешт шаҳрида имзоланган. Транспорт вазирлиги ушбу халқаро шартномани амалга ошириш...

menu
menu