Kuzatuvchi » Siyosiy » QISHLOQ XOʻJALIGIGA MOʻLJALLANGAN YERLARGA IJARA HUQUQINI SOTISH MUMKIN

QISHLOQ XOʻJALIGIGA MOʻLJALLANGAN YERLARGA IJARA HUQUQINI SOTISH MUMKIN

Prezidentning 18.01.2024-yildagi PF-15-sonli “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi. 2024-yil 1-martdan boshlab qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berishda ochiq elektron tanlov oʻrniga elektron onlayn auksion savdolari joriy etiladi. Quyidagilar belgilandi:

qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari elektron onlayn auksion savdolari orqali 30 yilga ijaraga beriladi, bunda boshlangʻich narx yer uchastkasining normativ qiymati miqdorida belgilanadi; 

yer uchastkalarini elektron auksion savdolariga chiqarish boʻyicha materiallarni tayyorlash qonunchilikka tegishli oʻzgartirishlar kiritilguniga qadar ochiq elektron tanlov uchun belgilangan tartibda, elektron onlayn savdolarini oʻtkazish esa auksion savdolarini tashkil etish hamda oʻtkazish tartibiga muvofiq amalga oshiriladi; 

qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish boʻyicha elektron onlayn auksion savdolari gʻoliblariga yer uchastkasi narxini uch yil muddatda har oyda teng ulushlarda boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat beriladi;

dehqon xoʻjaligi, yakka tartibda bogʻdorchilik, polizchilik va chorvachilikni yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berish boʻyicha elektron onlayn auksion savdolari  gʻolibi boʻlgan  “Temir daftar”,  “Ayollar daftari” va  “Yoshlar daftari”da roʻyxatda turgan fuqarolarga  yer uchastkasi narxini besh yil muddatga teng ulushlarda foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat beriladi. 

2024-yil 1-martga qadar 15 626,8 gektar qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari elektron onlayn auksion savdolariga chiqarilishi rejalashtirilgan (aholi punktlariga yaqin, suv taʼminoti yaxshi, unumdorlik yuqori boʻlgan, maydoni 5 gektardan yuqori konturlarni 1 gektargacha lotlarga boʻlgan holda).

 

Y.XO‘JAMURATOVA,

Yangiariq  tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

FAOL NURONIYLAR HAR OY RAG‘BATLANTIRILADI

personmaftuna 06-12-24, 11:26
0 FAOL NURONIYLAR HAR OY RAG‘BATLANTIRILADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni...

БОЛАЛАРНИ МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ БИЛАН ҚАМРАБ ОЛИШ ДАРАЖАСИ

personmaftuna 19-03-25, 06:04
0 БОЛАЛАРНИ МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ БИЛАН ҚАМРАБ ОЛИШ ДАРАЖАСИ ОШИРИЛАДИ

“2025-2026 йилларда болаларни мактабгача таълим билан қамраб олиш даражасини ошириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар...

PARRANDA GO‘SHTINI EKSPORT QILISHDA MAVJUD BARCHA

personmaftuna 23-07-24, 14:08
0 PARRANDA GO‘SHTINI EKSPORT QILISHDA MAVJUD BARCHA CHEKLOVLAR BEKOR QILINADI

“Parrandachilik sohasini yanada qo'llab-quvvatlash, zamonaviy genetik texnologiyalar va kooperasiya tizimini joriy...

menu
menu