MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI ORGANLARI FAOLIYATI TAKOMILLASHTIRILADI
O‘zbekiston Resbublikasi Prezidenti tomonidan 2024-yil 17-oktabrdagi 976-sonli Qonun imzolandi va bu Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Ushbu Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga shu jumladan hokimlarning hamda xalq deputatlari Kengashlarining vakolatlarini aniqlashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Jumladan, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunidan viloyat, tuman, shahar hokimi bir vaqtning o‘zida tegishli hududdagi vakillik hokimiyatiga boshchilik qilishi haqidagi norma chiqarib tashlanmoqda.
Hokimlarga tegishli xalq deputatlari Kengashlari sessiyasiga masalalar kiritish, zarurat bo‘lganda Kengash sessiyasi chaqirilishini talab qilish va tegishli xalq deputatlari Kengashining qonunchilikka zid bo‘lgan qarorlarini bekor qilish uchun Senatga yoki sudga murojaat qilish kabi qator yangi vakolatlar berilmoqda.
Shuningdek, xalq deputatlari Kengashlariga deputatlar orasidan saylanadigan rais boshchilik qilishi, u o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshirishi belgilanmoqda, uni vakolatlari muddati tugaguniga qadar lavozimidan ozod qilish tartibi nazarda tutilmoqda.
Bundan tashqari, xalq deputatlari Kengashlari va hokimlar tomonidan qabul qilinadigan hujjatlarni Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlarini ishlab chiqish, kelishish va ro‘yxatdan o‘tkazishning yagona elektron tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi talab mustahkamlanmoqda.
Bunda ushbu tizimda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan hujjatlar haqiqiy emas deb hisoblanadi hamda huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi.
O‘zbekiston Respunlikazi “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlarini ishlab chiqish, kelishish va ro‘yxatdan o‘tkazishning yagona elektron tizimiga mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari e’lon qilinadigan rasmiy manba maqomi berilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish kiritilmoqda.
Kengashlarga saylanadigan rais boshchilik qilishiga oid o‘zgartirishlar viloyatlardagi, Toshkent shahridagi kengashlarga nisbatan - navbatdagi saylovi yakunlari bo‘yicha, tuman, shahar davlat hokimiyatining vakillik va ijro etuvchi organlariga nisbatan – 2026-yil 1-yanvardan e’tiboran amalga kiritilishi belgilandi.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
O‘ZBEKISTON TEMIR YO‘LLARINING RAQAMLI TRANSFORMATSIYA
personmaftuna 22-03-24, 00:22Unga ko‘ra, kompaniya tizimi Bojxona qo‘mitasi va Mesplan yuk tashish tizimi bilan integratsiya qilinadi. Avvalroq...
YANGI FARMON
personmaftuna 05-03-24, 23:24✅ AYRIM NAFAQALAR MIQDORI OSHIRILDI 📃 Prezidentning 31.01.2024-yil kungi PF-24-son farmoni bilan ayrim hujjatlarga...
ENDILIKDA PЕDAGOGLAR SUDGA SHIKOYAT QILGANIDA DAVLAT BOJI
personmaftuna 21-03-24, 10:11✅ Pedagog xodimlar – kasbiy faoliyatini amalga oshirish davomida o‘z sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini...