Kuzatuvchi » Siyosiy » NIZOLAR HAL QILINISHIDA KELISHUV BO‘LSA, DAVLAT BOJI QISMAN QAYTARIB BERILADIMI?

NIZOLAR HAL QILINISHIDA KELISHUV BO‘LSA, DAVLAT BOJI QISMAN QAYTARIB BERILADIMI?

Tadbirkorlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish, tekshiruvlarni tartibga solishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqildi. 

Unga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan boshlab bitta huquqbuzarlik uchun bitta javobgarlik chorasini belgilash nazarda tutilmoqda. Jumladan, tadbirkorlik faoliyatini yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tmasdan amalga oshirganlik uchun moliyaviy jarima bekor qilinmoqda.

Shuningdek, raqamli markirovkalash qoidalarini hamda fiskal belgilarni aks ettirish tartibini buzish, xodimlar sonini yashirish uchun ma’muriy javobgarlik bekor qilinadi.

Nizolar hal qilinishini yengillishtirish maqsadida 2025-yil 1-martdan sudda ish yuritish taraflar kelishuvi bilan tugatilganda davlat bojining bir qismini qaytarib berish tartibi joriy etiladi.

Tadbirkorlar faoliyatini nazorat qilishga vakolatli organlar va ularning nazorat sohalari ro‘yxati tasdiqlanadi. Bunda, ro‘yxatda yo‘q masalalar bo‘yicha tadbirkorlar faoliyatini tekshirish taqiqlanadi. Tadbirkorlar faoliyatida o‘tkaziladigan barcha tekshiruvlar “Yagona davlat nazorati” axborot tizimi orqali xabardor etish tartibida amalga oshiriladi.

2025-yil 1-yanvardan boshlab, tekshiruvlar “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi doirasida tadbirkorlarni 3 ta toifaga ajratgan holda o‘tkaziladi.

 

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

Boshqa maqolalar

TADBIRKORLARGA QANDAY KOʻMAK BERILADI?

personmaftuna 23-06-24, 23:44
0 TADBIRKORLARGA QANDAY KOʻMAK BERILADI?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 24.05.2024-yildagi “Tadbirkorlik subyektlariga subsidiyalar, imtiyozlar va...

ROʻYXATGA OLISH QANDAY AMALGA OSHIRILADI?

personmaftuna 12-02-25, 00:52
0 ROʻYXATGA OLISH QANDAY AMALGA OSHIRILADI?

Mazkur jarayon uch bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqich , tayyorgarlik bosqichi boʻlib, uch yilga yaqin vaqt...

ШАХСИЙ ҲАЁТ ДАХЛСИЗЛИГИ ҲУҚУҚИ

personmaftuna 26-03-24, 02:03
0 ШАХСИЙ ҲАЁТ ДАХЛСИЗЛИГИ ҲУҚУҚИ

Ногиронлиги бўлган шахслар қонунчиликда назарда тутилган тартибда тажовузлардан ҳимоя қилиниш, ўз шахсий ҳаёти, оиласи,...

menu
menu