Kuzatuvchi » Siyosiy » SPORT SOHASIDA KORRUPSIYANING OLDINI OLISH CHORALARI YANADA KUCHAYTIRILADI

SPORT SOHASIDA KORRUPSIYANING OLDINI OLISH CHORALARI YANADA KUCHAYTIRILADI

«Sport sohasida korrupsiyaning oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi (O‘RQ-988-son, 04.11.2024-y.).

Qonun bilan Jinoyat kodeksining ayrim normalariga sport sohasidagi korrupsiya uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish, xususan, kelishilgan o‘yinlarni tashkil etish, ularda ishtirok etish uchun jinoiy javobgarlikni belgilashga qaratilgan qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Ya’ni, sport musobaqalari ishtirokchilari va tashkilotchilarining qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bo‘lishi, sport musobaqalari ishtirokchilari va tashkilotchilarini pora evaziga og‘dirib olishi uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda.

Qonun milliy qonunchiligimizni zamonaviy xalqaro standartlar va ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olgan holda takomillashtirishga, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga, sport sohasidagi jinoyatlarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlashga, shuningdek respublikamizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlashga xizmat qiladi.

 

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

Boshqa maqolalar

OTALIKNING SUD TARTIBIDA BELGILANISHI

personmaftuna 28-06-24, 08:46
0 OTALIKNING SUD TARTIBIDA BELGILANISHI

Oila Kodeksning 61-moddasiga asosan O‘zaro nikohda bo‘lmagan ota-onadan bola tug‘ilgan taqdirda, ota-onaning...

MANSABDOR SHAXS TOMONIDAN MEHNATNI MUHOFAZA QILISH

personmaftuna 29-06-24, 08:27
0 MANSABDOR SHAXS TOMONIDAN MEHNATNI MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDAGI QONUNCHILIKNI BUZILISHI JAVOBGARLIKKA SABAB BO‘LADI

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 49-moddasiga asosan, ➖ mansabdor shaxs tomonidan mehnat va mehnatni...

OLAM NURGA TO'LSIN SEN BILAN, NAVRO'Z!

personmaftuna 11-03-24, 01:21
0 OLAM NURGA TO'LSIN SEN BILAN, NAVRO'Z!

“2024-yilgi Navro'z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish to'g'risida”gi Prezident qarori...

menu
menu