OLAM NURGA TO'LSIN SEN BILAN, NAVRO'Z!
“2024-yilgi Navro'z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-113-son, 04.03.2024 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko'ra, 2024-yilgi Navro'z umumxalq bayrami mamlakatimizda “Olam nurga to'lsin sen bilan, Navro'z!” degan bosh g'oya asosida umumxalq sayillari shaklida ko'tarinki ruh va yuqori darajada keng nishonlanadi.
Navro'z umumxalq bayramini yuqori saviyada tashkil etish uchun quyidagilarga alohida e'tibor qaratiladi, jumladan:
Toshkent shahridagi “Yangi O'zbekiston” majmuasida alohida dastur asosida xalq sayillarini tashkil etishga;
-bu yilgi Navro'z bayrami muqaddas Ramazon oyida nishonlanishini inobatga olib, keksa avlod vakillarini, xususan, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat fronti faxriylarini har tomonlama e'zozlash, “Mehribonlik”, “Saxovat” va “Muruvvat” uylarida yashayotgan shaxslar, ijtimoiy himoya daftarlariga kiritilgan hamda ko'makka muhtoj insonlarning holidan xabar olish, ular uchun dasturxonlar tashkil etish hamda turli xayriya tadbirlarini amalga oshirishga;
-“Yashil makon” umummilliy loyihasida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish, Navro'z bayrami arafasida respublikamizning barcha hududlarida, ko'cha, mahalla, tuman va shaharlarda obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlariga qaratilgan umumxalq hasharlarini o'tkazishga.
O.RAJAPOV,
Yangibozor tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
NODAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI
personmaftuna 28-06-24, 17:15O‘zbekiston Respublikasining “ Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida ”gi qonunining 3-moddasiga asosan. Nodavlat...
СПОРТ СОҲАСИДА КОРРУПЦИЯНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ ЧОРАЛАРИ ЯНАДА
personmaftuna 27-12-24, 16:39Ўзбекистон Республикаси Президент томонидан 2024 йил 11 ноябрь куни имзоланган ЎРҚ-988-сонли Қонун билан Жиноят...
PEDAGOGNING MAQOMI MAХSUS QONUN BILAN BELGILANMOQDA
personmaftuna 22-02-24, 07:25Prezident tomonidan 01.02.2024-yildagi “Pedagogn ingmaqomi toʻgʻrisida”gi O’RQ-901-son qonun imzolandi. Mehnat...