Kuzatuvchi » Siyosiy » FARZANDLARNI OILANING KAMBAG‘ALLIGI TUFAYLI MEHRIBONLIK VA BOLALAR UYLARIGA JOYLASHTIRISH AMALIYOTI BEKOR QILINADI

FARZANDLARNI OILANING KAMBAG‘ALLIGI TUFAYLI MEHRIBONLIK VA BOLALAR UYLARIGA JOYLASHTIRISH AMALIYOTI BEKOR QILINADI

Prezident Shavkat Mirziyoev 5-noyabr kuni ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni tarbiyalash, nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb etishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyada oila muhitida kamol topish farzandning uzviy huquqi ekanligi belgilangan. YuNISEF ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda yetim bolalarning yarmi ijtimoiy himoya xizmatlari bilan qamrab olinmagan. 

Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyaga berishda oila muhitini saqlab qolishga ustuvorlik beriladi. Bunda avvalo vasiylik, homiylik yoki farzandlikka berish qo‘llab-quvvatlanadi. Ixtisoslashtirilgan muassasaga eng so‘nggi chora sifatida joylashtiriladi.

Farzandlarni oilaning kambag‘alligi tufayli Mehribonlik va Bolalar uylariga joylashtirish amaliyoti bekor qilinadi. Kambag‘al oila vakillari ishga joylashgan taqdirda, bolasi uch yoshga to‘lguncha bog‘cha xarajatlari uchun Ijtimoiy himoya jamg‘armasidan kompensatsiya beriladi.

Bolalar uylarida “Onalar maskani” tashkil etilib, unda bolasidan voz kechmoqchi bo‘lgan onalar joylashtiriladi. Ularga ijtimoiy, huquqiy, psixologik va tibbiy xizmatlar ko‘rsatiladi, onalik ko‘nikmalari o‘rgatiladi hamda kasb egallashiga ko‘maklashiladi. 

Og‘ir hayotiy vaziyatga tushgan bolalar tarbiyaga berilguniga qadar “Inson” markazi tomonidan oilaviy bolalar uyiga joylashtiriladi. Tarbiyaga beriladigan bolalar uchun individual rivojlanish rejasi ishlab chiqiladi. 

                          

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

Boshqa maqolalar

2028 ЙИЛГАЧА ҚҚС ВА ФОЙДА СОЛИҒИ СТАВКАЛАРИ ОШИРИЛМАЙДИ

personmaftuna 01-09-25, 01:09
0 2028 ЙИЛГАЧА ҚҚС ВА ФОЙДА СОЛИҒИ СТАВКАЛАРИ  ОШИРИЛМАЙДИ

“Тадбиркорлар учун тенг шароитлар ва адолатли рақобат муҳитини таъминлаш бўйича навбатдаги чора-тадбирлар тўғрисида”ги...

ХАВФЛИ ИШЛАБ ЧИҚАРИШ ОБЪЕКТЛАРИДАН ФОЙДАЛАНУВЧИ ТАШКИЛОТЛАР

personmaftuna 01-09-25, 01:40
0 ХАВФЛИ ИШЛАБ ЧИҚАРИШ ОБЪЕКТЛАРИДАН ФОЙДАЛАНУВЧИ ТАШКИЛОТЛАР ХОДИМЛАРИНИ АТТЕСТАЦИЯДАН ЎТКАЗИШ ТАРТИБИ БЕЛГИЛАНДИ

Ҳукумат қарори (26-сон, 21.01.2025 й.) билан “Хавфли ишлаб чиқариш объектларидан фойдаланувчи ташкилотларнинг раҳбар ва...

IJRO INTIZOMINI SAMARALI TASHKIL ETISHDA DAVLAT ORGANLARI

personmaftuna 25-08-25, 02:18
0 IJRO INTIZOMINI SAMARALI TASHKIL ETISHDA DAVLAT ORGANLARI RAHBARLARINING MA'SULIYATI YANADA OSHIRILADI

Farmon davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomiga mas'ul tarkibiy bo'linmalar alohida tuzilma sifatida bevosita...

menu
menu