Kuzatuvchi » Siyosiy » QANDAY AXBOROTLARNI BOLALAR O‘RTASIDA TARQATISH TAQIQLANADI?

QANDAY AXBOROTLARNI BOLALAR O‘RTASIDA TARQATISH TAQIQLANADI?

Bolalarni o‘z hayoti va salomatligiga xavf soladigan xatti-harakatlarni sodir etish, jumladan, sog‘lig‘iga zarar yetkazish, o‘z joniga qasd qilishga va shu harakatlarni targ‘ib qilishga undaydigan axborotlarni tarqatish taqiqlanadi. Bolalarda narkotik vositalar, psixotrop moddalar yoki ularning aql-iroda faoliyatiga salbiy ta’sir etuvchi boshqa moddalar, alkogolli va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish, darbadarlik, tilanchilik yoki bosh­qa ko‘rinishdagi noijtimoiy harakatlar bilan shug‘ullanish istagini paydo qiladigan axborotlarga yo‘l qo‘yilmaydi.

Ularga quyidagilar kiradi:

- bolalarni ularning hayotiga va (yoki) sog‘lig‘iga xavf soladigan xatti-harakatlarni sodir etishga, o‘z joniga qasd qilishga va shunday harakatlarni targ‘ib qilishga undaydigan;

- bolalarda alkogolli va tamaki mahsulotlarini, giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni iste’mol qilish, qimor o‘yinlarida, ommaviy tartibsizliklarda ishtirok etish, fohishalik, darbadarlik, tilanchilik yoki g‘ayriijtimoiy xatti-harakatning boshqa shakllari bilan shug‘ullanish istagini paydo qiladigan;

- odamlarga yoki hayvonlarga nisbatan zo‘ravonlik va shafqatsizlik qilish mumkinligini asoslaydigan yoki oqlaydigan yoxud zo‘ravonlik xatti-harakatlarini amalga oshirishga undaydigan;

- oilaviy qadriyatlarni inkor etadigan, axloqsizlikni targ‘ib qiladigan, shuningdek, ota-onasiga va oilaning boshqa a’zolariga nisbatan hurmatsiz munosabatni shakllantiradigan;

- g‘ayriqonuniy xulq-atvorni oqlaydigan va huquqbuzarlik sodir etishga olib keladigan;

- jamiyatda buzg‘unchilik g‘oyalarini targ‘ib etishga chaqiradigan;

- uyatli so‘zlarni o‘z ichiga olgan;

- pornografiya xususiyatiga ega bo‘lgan axborotlarni o‘z ichiga olgan;

- g‘ayriqonuniy harakatlar natijasida jabrlangan bolalar to‘g‘risidagi, shu jumladan, bunday bolaning familiyasi, ismi, otasining ismi, uning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillarining foto- va videotasvirlari, bunday bolaning tug‘ilgan sanasi, uning ovozi yozilgan audiotasma, yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyi, o‘qish yoki ish joyi to‘g‘risidagi, bunday bolaning shaxsini bevosita yoxud bilvosita aniqlashga imkon beradigan boshqa axborotni o‘z ichiga olgan axborot mahsulotlari kiradi.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

Boshqa maqolalar

O‘ZBEKISTONDA 21 YOSHGACHA BO‘LGAN SHAXSLARGA TAMAKI VA

personmaftuna 19-03-24, 02:10
0 O‘ZBEKISTONDA 21 YOSHGACHA BO‘LGAN SHAXSLARGA TAMAKI VA SPIRTLI ICHIMLIKLAR SOTISH TAQIQLANADI

Senat 21 yoshgacha bo‘lgan shaxslarga tamaki mahsulotlari, elektron sigaretalar va spirtli ichimliklarni internet hamda...

NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING ODIL SUDLOVDAN

personmaftuna 30-09-24, 02:30
0 NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING ODIL SUDLOVDAN FOYDALANISHGA BO‘LGAN HUQUQLARINI TA’MINLASH UCHUN QO‘SHIMCHA SHAROITLAR YARATILADI

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-955-son, 05.09.2024-y.) bilan “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari...

“112” YAGONA DISPETCHERLIK XIZMATI TASHKIL ETILADI

personmaftuna 25-06-24, 23:56
0 “112” YAGONA DISPETCHERLIK XIZMATI TASHKIL ETILADI

“112” yagona dispetcherlik xizmati faoliyatini tashkil etish to'g'risida”gi Hukumat qarori (304-son, 29.05.2024-y.)...

menu
menu