Kuzatuvchi » Siyosiy » O‘ZINI O‘ZI BAND QILGAN SHAXSLARNING QANDAY HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI BOR?

O‘ZINI O‘ZI BAND QILGAN SHAXSLARNING QANDAY HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI BOR?

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar – o‘z ishini o‘zi topib, uni o‘zi bajarish orqali daromad ko‘radigan jismoniy shaxslardir. Repetitorlar, enagalar, santexniklar, elektrchilar, sartaroshlar, kurerlar, avtomobil yuvuvchilari, hunarmandlar, farroshlar, tikuvchilar, dasturchilar va yana ko‘plab kasb egalari o‘zini o‘zi band qiluvchilar bo‘lishlari mumkin.

Mamlakatda joriy yil yanvar holatiga ko‘ra 2,5 milliondan ortiq o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar ro‘yxatdan o‘tgan. Shundan 5701 tasi 100 million so‘mgacha, 2715 tasi 100 million so‘m va 200 tasi 1 milliard so‘mdan oshiq yillik daromad ko‘rgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 24 dekabrdagi “O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida faoliyatni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori bilan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilangan.

O‘zini o‘zi band qiluvchi shaxslarning soliq idorasidan ro‘yxatdan o‘tishi uchun to‘lov yo‘q.

Buning uchun ikki yo‘l bilan ro‘yxatdan mumkin:

• Tuman soliq inspeksiyasiga murojaat qilinsa, xodim anketa to‘ldiradi;

• soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti yoki DSQning Soliq mobil ilovasi orqali mustaqil ravishda ro‘yxatdan o‘tish mumkin.

O‘zini o‘zi band qilganlar boshqa jismoniy shaxslarga og‘zaki kelishuv asosida ish yoki xizmatlarni taqdim etishlari mumkin. Yuridik shaxslar bilan esa ular faqatgina bir martalik ish yoki xizmatni ko‘rsatish uchun yozma shartnoma tuzgan holda ishlashlari mumkin.

O‘zini o‘zi band qilganlar to‘lovlarni har qanday ko‘rinishda: naqd, terminal yoki bank o‘tkazmalari orqali qabul qilishlari mumkin. Ularga oylik yoki yillik daromad bo‘yicha hech qanday cheklovlar mavjud emas.

Soliq organlari xodimi o‘zini o‘zi band qilgan shaxsni ro‘yxatga olayotganda u haqdagi ma’lumotlarni DSQning o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar ma’lumotlar bazasiga kiritadi. Mehnat staji hisoblanashi uchun bir yilda bir marta BHMning 1 baravari (bugungi kunda 330 ming so‘m) ijtimoiy soliq to‘lashning o‘zi kifoya qiladi. To‘lovni har qanday to‘lov tizimi orqali amalga oshirish mumkin.

O‘zini o‘zi band qiluvchilar hech qanday sug‘urta va boshqa yig‘imlarni to‘lamaydilar.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

Boshqa maqolalar

QAYTA TIKLANUVChI ENERGIYa MANBALARI QURILMALARI

personmaftuna 29-06-24, 08:18
0 QAYTA TIKLANUVChI ENERGIYa MANBALARI QURILMALARI O‘RNATGANLARGA QANDAY IMTIYoZLAR BERILADI?

Prezidentning PQ-13-sonli qaroriga asosan, qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatgan jismoniy va...

AYRIM ХORIJIY MUTAХASSISLARNI JALB QILGANLIK UCHUN TOʻLOV

personmaftuna 20-02-25, 11:35
0 AYRIM ХORIJIY MUTAХASSISLARNI JALB QILGANLIK UCHUN TOʻLOV UNDIRILMAYDI

Vazirlar Mahkamasining 22.02.2025-yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va...

AYRIM FUQAROLARGA ELEKTR ENERGIYASI VA TABIIY GAZ UCHUN

personmaftuna 04-06-24, 14:15
0 AYRIM FUQAROLARGA ELEKTR ENERGIYASI VA TABIIY GAZ UCHUN KOMPENSATSIYA BERILADI

“Yoqilg'i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi Hukumat...

menu
menu