Kuzatuvchi » Siyosiy » YO‘LKIRA HAQINI NAQD PULDA OLISH AMALIYOTIDAN VOZ KECHILADI

YO‘LKIRA HAQINI NAQD PULDA OLISH AMALIYOTIDAN VOZ KECHILADI

Aholining uzog‘ini yaqin, og‘irini yengil qilishda jamoat transportlarining o‘rni beqiyos. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida «Toshkent shahridagi jamoat transporti tizimida yo‘lkira haqini to‘lashda elektron to‘lov tizimidan foydalanishni rag‘batlantiruvchi tariflarni joriy etish to‘g‘risida» Toshkent shahri hokimining qarori loyihasi e’lon qilindi.

Qaror bilan  2025-yil 1-yanvardan Toshkent shahrining jamoat transporti yo‘nalishlarida (avtobus va metropoliten) qatnovlarni amalga oshirish uchun yo‘lkira haqining cheklangan tariflari belgilanmoqda, deyiladi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi ma’lumotida.

Unga ko‘ra, bir yo‘lovchi qatnovi uchun cheklangan tarif – 3 000 (uch ming) so‘m. Bunda bir yo‘lovchi qatnovi uchun 1 (bir) martalik to‘lovni elektron to‘lov tizimi orqali amalga oshirilganda, rag‘batlantiruvchi chegirma qo‘llanilgan holda – 1 700 (bir ming yetti yuz) so‘m undiriladi.

Bir yo‘lovchining bagajini tashish bo‘yicha xizmat uchun – 4 000 (to‘rt ming) so‘m, qatnovlar soniga bog‘liq holda belgilangan tarif rejalarini hisoblash uchun cheklangan tarif – 1 600 (bir ming olti yuz) so‘m.

Qatnovlar soniga bog‘liq holda belgilangan transport kartalarining va transport kartalaridan foydalanilgan holda bir soat ichida bir yo‘nalishli yo‘lovchi transportidan boshqasiga o‘tish sonidan kelib chiqqan holda imtiyozli va bepul tarif rejalarining narxlari o‘zgarishsiz qoldiriladi.

Toshkent shahri yo‘nalishlaridagi barcha avtobuslar salonida yo‘lkira haqini naqd pulda olish amaliyotidan voz kechiladi va yo‘lkira haqini faqat elektron tarzda qabul qilish amaliyoti joriy etiladi.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

Boshqa maqolalar

ENERGIYA SAMARADORLIGI HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT BERSANGIZ ?

personmaftuna 22-03-25, 11:41
0 ENERGIYA SAMARADORLIGI HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT BERSANGIZ ?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi maxsus...

“OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ХIZMAT KOʻRSATGAN TADBIRKOR”

personmaftuna 20-09-24, 07:06
0 “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ХIZMAT KOʻRSATGAN TADBIRKOR” UNVONI TA’SIS ETILDI

2024-yil 30-avgustdagi OʻRQ-952-son Qonun bilan “Oʻzbekiston Respublikasida х izmat koʻrsatgan tadbirkor” fa х riy...

PARVARISHGA MUHTOJ FUQAROLARNI MANZILLI IJTIMOIY HIMOYA

personmaftuna 26-12-24, 02:34
0 PARVARISHGA MUHTOJ FUQAROLARNI MANZILLI IJTIMOIY HIMOYA QILISH KUCHAYTIRILMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 18.10.2024-yildagi OʻRQ-977-son Qonunni imzoladi, unga muvofiq ayrim qonun...

menu
menu