Kuzatuvchi » Siyosiy » SUD QARORINI IJRO ETMAGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK MAVJUD

SUD QARORINI IJRO ETMAGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK MAVJUD

O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi 2021-yil 28-iyuldagi 703-sonli qonuni imzolangan. Ushbu qonunning 10-moddasida “Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, mansabdor shaxslar, fuqarolar uchun majburiydir hamda O‘zbekiston Respublikasining butun hududida ijro etilishi shart. Sud hujjatini ijro etmaslik qonunda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘lishligi” belgilab qo‘yilgan.

O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 198 (1) moddasiga binoan bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravariga teng yoki undan oshmaydigan miqdordagi summani undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatining mazkur hujjatni ixtiyoriy ravishda ijro etish uchun davlat ijrochisi belgilagan muddatda qarzdor tomonidan uzrsiz sabablarga ko‘ra ijro etilmasligi — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

 

M. SADIKOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 

 

Boshqa maqolalar

BO'SH YER UCHASTKALARIDAN SAMARALI FOYDALANILADI

personmaftuna 24-07-24, 19:56
0 BO'SH YER UCHASTKALARIDAN SAMARALI FOYDALANILADI

“Hududlarning iqtisodiy salohiyatini ro'yobga chiqarish va bo'sh yer uchastkalaridan samarali foydalanish...

ЁШЛАР ТАДБИРКОРЛИГИ РИВОЖЛАНТИРИЛАДИ

personmaftuna 19-03-25, 06:17
0 ЁШЛАР ТАДБИРКОРЛИГИ РИВОЖЛАНТИРИЛАДИ

“Ёшлар тадбиркорлигини ривожлантириш ва бандлигини таъминлашга доир қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги Президент...

BOLA HUQUQLARINING O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI O‘RNI

personmaftuna 25-08-25, 02:07
0 BOLA HUQUQLARINING O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI O‘RNI

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasiga ko‘ra bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy...

menu
menu