Kuzatuvchi » Siyosiy » KO‘P KVARTIRALI UYLARNI BOSHQARISH ORGANLARI YANA BIR IMTIYOZGA EGA BO‘LDI

KO‘P KVARTIRALI UYLARNI BOSHQARISH ORGANLARI YANA BIR IMTIYOZGA EGA BO‘LDI

Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari qarzdorlikni sud orqali undirishda oldindan davlat bojini to‘lashdan ozod qilindi.

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-993-son, 07.11.2024-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga kommunal to‘lovlarni sud orqali undirishda qulayliklar yaratishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

Qonun bilan ko‘p kvartirali uyning joylari mulkdorlaridan majburiy badallar va to‘lovlarni undirish bo‘yicha sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat etilganda arizaga ilova qilinishi zarur bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati belgilandi.

Shuningdek, ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari qarzdorlikni undirish haqida sudlarga murojaat qilishda oldindan davlat bojini to‘lashdan ozod qilinib, ularning talablarini qanoatlantirish to‘liq yoki qisman rad etilgan taqdirda, davlat boji ulardan talablarning qanoatlantirilishi rad etilgan miqdoriga mutanosib ravishda undiriladi.

M. SADIKOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 

Boshqa maqolalar

XODIM AHOLINING IJTIMOIY EHTIYOJMAND TOIFASIGA KIRSA ISHDAN

personmaftuna 28-06-24, 11:46
0 XODIM AHOLINING IJTIMOIY EHTIYOJMAND TOIFASIGA KIRSA ISHDAN BOʻSHATISH MUMKINMI?

Ish beruvchi yangi Mehnat kodeksi kuchga kirishi bilan хodim bilan mehnat shartnomasini pensioner sifatida (pensiya...

XIZMAT TEKSHIRUVI, TARTIBI VA MUDDATLARI

personmaftuna 20-10-24, 14:01
0 XIZMAT TEKSHIRUVI, TARTIBI VA MUDDATLARI

Mehnat kodeksining 302-311-moddalari xizmat tekshiruvini tartibga soladi. MK 302-moddasiga ko‘ra, xizmat tekshiruvi...

KASBIY SERTIFIKATGA EGA BO‘LISHI TALAB ETILADI

personmaftuna 17-05-24, 01:43
0 KASBIY SERTIFIKATGA EGA BO‘LISHI TALAB ETILADI

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2023 yil 26-maydagi “Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda uning...

menu
menu