Kuzatuvchi » Siyosiy » BOLALAR ZO‘RAVONLIKNING BARCHA SHAKLLARIDAN HIMOYA QILINADI

BOLALAR ZO‘RAVONLIKNING BARCHA SHAKLLARIDAN HIMOYA QILINADI

Mamlakatimizda “hech bir bola e’tibordan chetda qolmaydi”, degan tamoyil asosida bolalarga g‘amxo‘rlik qilish, ularni doimo qo‘llab-quvvatlash, huquqlarini himoya qilish islohotlarning asosiy maqsadlaridan biriga aylandi.

Mazkur qonun bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, bolalar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etishga xizmat qilishi, shubhasiz.

Zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalar quyidagi huquqlarga ega:

- zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilinish;

- o‘ziga nisbatan zo‘ravonlik sodir etilganligi yoki sodir etilishi tahdidi to‘g‘risidagi ariza bilan bevosita yoki o‘zining qonuniy vakili orqali tegishli davlat organlariga va tashkilotlarga yoxud qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga murojaat etish;

- tekin huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy va boshqa yordam, shu jumladan bepul telefon liniyasi tarmog‘i (ishonch telefoni) orqali taqdim etiladigan yordam olish;

- himoya orderi berish to‘g‘risidagi talab bilan bevosita yoki o‘zining qonuniy vakili orqali tegishli davlat organlariga murojaat etish, himoya orderi shartlari buzilgan taqdirda esa bu haqda xabardor qilish;

- o‘ziga nisbatan sodir etilgan zo‘ravonlik natijasida yetkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplanishi va ma’naviy ziyonning kompensatsiya qilinishi.

Shuning jabrlanuvchi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uning ota-onasi, ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa vasiylik va homiylik organi, prokuror, sud tomonidan amalga oshiriladi.

Zo‘ravonlikdan jabrlanuvchi va uning qonuniy vakili moddiy zararning o‘rni qoplanishi hamda ma’naviy ziyon kompensatsiya qilinishi to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat etganda davlat boji to‘lashdan ozod qilinadi.

Tursunboy URAZBAYEV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

 

Boshqa maqolalar

BILIB OLING

personmaftuna 24-07-24, 01:39
0 BILIB OLING

“O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qoshida...

QISHLOK ХOʻJALIGIDA SUV OLISH LIMITLARI ХALQ DEPUTATLARI

personmaftuna 26-12-24, 15:32
0 QISHLOK ХOʻJALIGIDA SUV OLISH LIMITLARI ХALQ DEPUTATLARI KENGASHLARI TOMONIDAN TASDIQLANADI

O ‘ zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 22.10.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun...

PILLA YETISHTIRISH VA IPAKCHILIK SOHASIDA BOZOR

personmaftuna 25-06-24, 20:02
0 PILLA YETISHTIRISH VA IPAKCHILIK SOHASIDA BOZOR MEXANIZMLARI JORIY QILINISHI JADALLASHTIRILADI

“Pilla yetishtirish va ipakchilik sohasida bozor mexanizmlarini joriy qilishni jadallashtirish bo'yicha qo'shimcha...

menu
menu