OZIQ-OVQAT XARID QILAYOTGANDA QADOG‘IDAGI QANDAY YOZUVLARGA E’TIBOR BERISH KERAK?
Har doim ham do‘kondan oziq-ovqat mahsulotlari xarid qilayotganimizda qadog‘idagi yozuvlarga e’tibor beravermaymiz. Ammo qonunchilikda bu borada beliglangan normalar bor. Ya’ni oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilar ularni qadoqlangan, o‘ralgan va tamg‘alangan holda sotuvga chiqarishlari shart.
O‘zbekiston Respublikasining “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuniga ko‘ra oziq-ovqatlar, ovqatga qo‘shiladigan biologik faol qo‘shimchalar, oziq-ovqat qo‘shimchalari yorliqlarida mahsulot haqida ma’lumot ko‘rsatilishi belgilangan.
Sifatli, yaroqli oziq-ovqat sotib olish uchun, albatta, mahsulot qadog‘idagi quyidagi yozuvlarga e’tiborli bo‘lishimiz kerak:
oziq-ovqatning nomi;
oziq-ovqatni nimaga mo‘ljallanganligi (bolalarga maxsus mo‘ljallangan mahsulotlar va parhez taomlar uchun);
tayyorlovchining nomi;
tovar belgisi (belgiga ega tashkilotlar uchun);
oziq-ovqat tarkibiga kirgan narsalar, shu jumladan oziq-ovqat qo‘shimchalarining nomi;
oziqlik qimmati, navi;
saqlash shart-sharoitlari;
tayyorlangan sanasi, yaroqlilik muddati;
tayyorlash usuli (masalliqlar hamda maxsus bolalarbop va parhez oziq-ovqat mahsulotlari uchun);
og‘irligi;
foydalanish usuli (biologik faol qo‘shimchalar: oziq-ovqat qo‘shimchalari, maxsus bolalarbop va parhez oziq-ovqat mahsulotlari uchun);
muvofiqlik belgisi (mahsulotini muvofiqlik belgisi bilan tamg‘alash huquqini beradigan litsenziyasi bor korxonalar uchun);
normativ yoki texnikaviy hujjatlarning raqamlari.
Tursunboy URAZBAYEV,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
KICHIK BIZNESNI UZLUKSIZ QO‘LLAB-QUVVATLASH DASTURI
personmaftuna 20-10-24, 14:50“Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi...
SOGʻLIQNI SAQLASH TIZIMINI RAQAMLASHTIRISH JADALLASHTIRILADI
personmaftuna 22-02-24, 07:30Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 28.12.2023-yildagi “Sogʻliqni saqlash tizimini raqamlashtirishni...
BO'SH YER UCHASTKALARIDAN SAMARALI FOYDALANILADI
personmaftuna 24-07-24, 19:56“Hududlarning iqtisodiy salohiyatini ro'yobga chiqarish va bo'sh yer uchastkalaridan samarali foydalanish...